$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

Shveytsariya haqida siz bilmagan ajoyib faktlar

07:14 / 22.09.2019

Ehtimol, siz Shveytsariya Alp tog‘lari, ishonchli qutilar va ko‘plab shokoladlar mamlakati ekanini eshitgandirsiz. Ammo, bu mamlakat haqidagi g‘ayritabiiy va ajablanarli faktlarni bilmasligingiz mumkin. Masalan, dunyodagi yagona to‘g‘ridan to‘g‘ri demokratik davlat ekani, qurol-yarog‘ to‘g‘risidagi eng liberal qonunlarni qabul qilgani hammani hayratga solib keladi. Shunday qilib, biznes orqali dunyodagi eng boy davlatlardan biri bo‘lgan Shveytsariya haqidagi eng ajoyib faktlar bilan tanishing:

1. Siz Shveytsariyada qurol to‘g‘risidagi eng liberal qonunlar bor deb hech qachon o‘ylamagan bo‘lsangiz kerak.

2. Shuningdek, bu mamlakatda jinoyatchilik darajasi dunyodagi eng past ko‘rsatkichlarni tashkil etadi.

3. Chet elliklar Shveytsariya aholisining 23 foizini tashkil qiladi.

4. Shveytsariyada tog‘lardan ham ko‘proq narsa bor. U ham bo‘lsa – palma daraxtidir. Ularni mamlakat janubi va Lugano ko‘li hududida uchratasiz.

5. 4 ta milliy til mavjud – nemis, fransuz, italyan va roman.

6. Economist Intelligence Unit tomonidan ishlab chiqilgan hayot sifati indeksiga ko‘ra, Shveytsariya tug‘ilish uchun eng yaxshi mamlakat. Mazkur indeksda aholi bandligi, jinoyatchilik darajasi, hayot sifati, sog‘liqni saqlash tizimi, hayotdan qoniqish hissi va boshqa ko‘rsatkichlar mavjud.

7. Mamlakatda balandligi 3 000 metrdan yuqori bo‘lgan 208 ta va 4 000 metrdan yuqori bo‘lgan 24 ta tog‘ mavjud.

8. Shokolad haqiqatan ham mamlakatda eng ko‘p eksport qilinadigan mahsulotidir.

9. Mabodo yadro urushi sodir bo‘lsa, mamlakatning barcha aholisini himoyaga oladigan bunkerlar qurilgan.

10. Shuningdek, urush holatida ular yo‘llarni osongina uchish-qo‘nish yo‘laklariga aylantirishadi.

11. Shveytsariyaliklar shokoladli oltin o‘ylab topdilar.

12. Shveytsariyada tezlikni oshirganlik uchun jarima miqdori fuqaroning daromadiga bog‘liq. Yaqinda Ferrari’da tezlikni oshirgan shveytsariyalikning daromadi yiliga million dollarni tashkil qilgani uchun chorak million dollarlik jarimaga tortildi.

13. Shveytsariya dunyoda to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiyaga ega mamlakat hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, har qanday fuqaro istalgan qonun yoki konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilishi mumkin.

14. Nima uchun Shveytsariya domeni CH harflari bilan belgilanganiga hech qiziqqanmisiz? Chunki lotin tilida mamlakat nomi (ko‘pincha boshqa sohalarda ishlatiladi) – Confoederatio Helvetica.

15. Har yili Bernda 7 million dona plitka – Toblerone shokoladi ishlab chiqariladi.

16. 2010-yilda shveytsariyalik o‘qituvchining o‘rtacha yillik ish haqi 120 ming dollarni tashkil etgan bo‘lsa, AQSh o‘qituvchilari yiliga o‘rtacha 35 000 ish haqi olgan.

17. Erkaklar uchun 18 yoshdan boshlab harbiy xizmat majburiy hisoblanadi. Voyaga yetgan erkak aholining aksariyati armiya zaxirasida turishi sababli, har qanday vaqtda harakat qilishga tayyor bo‘lishi uchun uydaligida ham qurol va zarur o‘q-dorilarga ega bo‘lishi lozim.

18. Bernda chaqaloqlarni yutib yuboradigan odamning 500 yillik haykali bor. Ushbu yodgorlik nima sababdan bunyod etilganini hech kim bilmaydi.

19. Shveytsariya armiyasi har qanday potensial tog‘ o‘tish yo‘li va tunnelni mumkin qadar buzishga shay holatga tayyorlaydi. Nima uchun? Bordiyu urush boshlansa, ana shu yo‘l bilan mamlakat dushman uchun barcha hujum yo‘llarini to‘sib qo‘yadi.

20. Shveytsariyada davlat rahbari yo‘q. Uning o‘rniga barcha ishlarni bajaradigan 7 kishilik kengash mavjud.

21. Mamlakat poytaxti ham yo‘q, chunki u konstitutsiyada ko‘rsatilmagan. (Ba’zi ma’lumotlarda eng katta shahri Bern deb qayd etiladi). 

22. Jenevada uch oyoqli ulkan stul shaklidagi haykal o‘rnatilgan. Bu piyodalarga qarshi minalardan foydalanishni qoralash ma’nosini anglatadi.

23. 1802-yilda Shveytsariya Shteklikrig deb nomlangan urushni boshladi. Eng qizig‘i nima, bilasizmi? Ular faqat tayoq bilan qurollangan edilar.

24. Mamlakatning yagona marmar pichog‘i Yaponiyada ishlab chiqarilgan.

25. Shveytsariya patsifistlar mamlakati, degan fikringizni o‘zgartirish uchun yana shu mavzuga qaytamiz. Davlat armiyasi barcha zarur buyumlar bilan jihozlangan bo‘lib, shahar atrofida aholi punktlari joylashgan.


Bu ham qiziq

Toshkent va Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim aniqlandi

Toshkent va Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim aniqlandi

Hozirda, mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.
11:00 / 03.08.2025
“Uzbekistan Airways” va Xitoy aviakompaniyasi o‘rtasida o‘rtasida memorandum imzolandi

“Uzbekistan Airways” va Xitoy aviakompaniyasi o‘rtasida o‘rtasida memorandum imzolandi

Kelajakda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi
20:42 / 02.08.2025
“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

“Sea Breeze Uzbekistan” loyihasi bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Agarda investor talablarni buzsa, loyiha to‘xtatiladi va yer olib qo‘yiladi
22:47 / 03.08.2025
Xivada bog‘cha rahbari bolaga zo‘ravonlik qildi

Xivada bog‘cha rahbari bolaga zo‘ravonlik qildi

Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:31 / 02.08.2025
Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

“2017-yildan beri 120 milliard dollarlik sarmoya jalb qilindi” – deyiladi maqolada
22:16 / 03.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar mehnatga majburlanmoqdami?

Andijonda o‘qituvchilar mehnatga majburlanmoqdami?

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirib, vaziyat o‘rganilayotgan…
09:32 / 03.08.2025
G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida yana olti kishi ochlikdan vafot etdi

Mahalliy va xalqaro doiralar Isroil “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini aytadi.
15:26 / 03.08.2025
Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Rossiya ayrim kasblarda rus tilini bilish talabini joriy etishi mumkin

Hujjat muhokama uchun taqdim etilgan va hali tasdiqlanmagan.
16:24 / 03.08.2025
Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Rossiya va Ozarbayjon bir-birini agressivlikda ayblamoqda
19:39 / 02.08.2025
Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Senatning navbatdagi majlisida qaror loyihasi ko‘rib chiqildi
18:12 / 02.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!