$
12927.17 UZS
36.74
155.73 UZS
-0.31
14717.58 UZS
-3.29
35° Kechasi 20°

O‘tmish va hozirgi zamonning eng g‘aroyib 10ta kitobi 

19:11 / 08.10.2019

1. Mitti aylana kitob (1480)

картинка tatalexaros

Har qanday mitti kitob san’at asari bo‘lsa, doira shaklidagi mitti kitob – haqiqiy shedevr. Codex Rotundusning ushbu o‘ziga xos namunasi, taxminan, 1480-yilda qo‘lda tayyorlangan. Bu nasroniylarning kitobi – Breviariy bo‘lib, fransuz va lotin tillaridagi o‘rta asrlarning mashhur kitobi edi. Kitobning diametri 9 santimetrdan oshmasa-da, u 266 sahifadan iborat bo‘lgan. O‘zagining uzunligi bor-yo‘g‘i 3 santimetr, shuning uchun u  got alifbosining harflaridan foydalangan holda monogram shaklida tayyorlangan uchta qulf bilan mahkamlanadi.

Codex Rotundus’ning yaratuvchisi – Bryugge shahridan (Belgiya) bo‘lgan noma’lum illyustrator – nafaqat kitob matnini doira sahifalarga ajoyib tarzda joylashtirgan, balki 30ta noodatiy bosh harf ham chizgan. 

2. Belga taqiladigan kitob (1589)

картинка tatalexaros

Bu kitob kichkina tom bo‘lib, uni belga yoki tasmaga qistirib qo‘yish mumkin bo‘lgan. Kitobdagi charm muqovaning bir qismi bo‘lgan tuguncha – uni belda ushlab turilishiga xizmat qilgan. Kitob “oyog‘i osmondan” bo‘lib osilib turadi. Egasi istalgan vaqt uni qo‘lga olib, o‘qish imkoniga ega bo‘ladi.

Belga taqiladigan kitoblar 1400-1550-yillarda Germaniya va Gollandiyada keng tarqalgan. Aynan shu kitob esa 1508-yilda tayyorlangan. 1589-yilda unga ilgichli tashqi charm muqova qilingan va shu tariqa uni belga osib yurish mumkin bo‘lgan. 

3. Ikki tomonli kitob

картинка tatalexaros

XVI-XVII asrlarda “dozado” (dos-a-dos) deb ataluvchi maxsus tikish usuli yordamida kitoblar yaratilgan. Erik Kvakkel ularni “siam egizaklari” deb ataydi. Bu eng munosib nom. Kitoblar ikkita old tarafga va bitta orqa tarafga ega. Dozado bir-birini to‘ldiruvchi ikkita kitobni birlashtirish uchun qo‘llanilgan. Masalan, Yangi ahd (ahd-injil qisimlari) bilan Eski ahdni.

4. 6 usulda o‘qisa bo‘ladigan kitob (XVI asr)

картинка tatalexaros

Bu noyob kitob dozado tikish usulining yana bir ko‘rinishini o‘zida namoyon qiladi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, kitobni 6 xil usulda ochish va o‘qish mumkin. Boshqacha aytganda, tom 6ta turli kitobdan iborat bo‘lib, ularning har biri alohida bog‘lanishga ega va o‘z mandallari bilan umumiy bog‘lanish ichida yashiringan.

Kitob Germaniyada chop etilgan. Bu diniy matnlar va Bibliyaga oid qisqa mulohazalar, jumladan, Martin Lyuterning “Qisqa katexiziz” kitobidan iborat. Kitob Strengnesdagi (Shvyetsiya) Rogge kutubxonasi kolleksiyasidan joy olgan.  

5. Tutqichli bolalar kitobi (XVII asr)

картинка tatalexaros

Noyob va o‘ziga xos bu kitob “muguz kitob” deb ataladi. Bunday kitoblarning alifbosi hamda o‘qish malakasini rivojlantirish uchun bir nechta murakkab bo‘lmagan qisqa matnlari bo‘lgan. O‘sha paytlarda kitoblar bugungidan og‘irroq bo‘lgan. Shuning uchun ularning dastasi oson ko‘tarib yurishga yordam berish vazifasini bajargan – bola alifbeni bir qo‘li bilan osongina ko‘zining qarshisigacha ko‘tara olar edi. Nima uchun “muguz kitob”? Bunday kitoblar doimiy foydalanilishi hisobga olinib tayyorlangan. Kitoblar qog‘ozga chop etilar va yupqa muguz qavat bilan qoplanardi. Bunday kitob qo‘ldan tushib ketsa ham katta ziyon yetmasdi. 

6. Elektr toki va siqilgan havo bilan ishlaydigan kitob (1949)

картинка tatalexaros

“Enciclopedia Mecánica” (“Mexanika ensiklopediyasi”) elektron kitoblarning “otasi” hisoblanadi. “Mexanika, elektr toki va siqilgan suv orqali ishlaydigan kitob” 1949-yilda ispan yozuvchisi va muallima Anxela Ruis Robles tomonidan patentlangan. 

Kitobda uning qismlarini kattalashtirib o‘qish funksiyasi mavjud bo‘lgan. Kashfiyotchi keyinchalik o‘qish uchun lampa, kalkulyator va ovoz ham qo‘shish niyatida bo‘lgan. Kitobning yagona nusxasi La-Korunya tabiatshunoslik va texnologiyalar milliy muzeyida saqlanadi.

7. Internetga kiradigan qog‘oz kitob (2010-yil)

картинка tatalexaros

“Blink” abbreviaturasi “book+link” (“kitob+havola”) so‘zlaridan kelib chiqqan. Londondagi Qirollik san’at maktabidan Manolis Kelaydis tomonidan yaratilgan kitobning siri shundaki, matnning ba’zi qismlari havola yoki tugma hosil qiladigan yo‘naltiruvchi siyohlar bilan chop etilgan. Zarur so‘zga barmog‘ingizni tekkizganingizda, zanjirga signal boradi va kitob yaqinroqda joylashgan hamda Bluetooth modulga ulangan kompyuterga buyruq yuboradi. Shu tariqa, kerakli so‘zning ma’nosini yoki Wikipediyadagi maqolani topish mumkin. 

8. Yirik formatli kitob (2010)

картинка tatalexaros

Siz ko‘rib turgan ushbu kitobning balandligi 4 metrdan ziyod, ochilgan holatdagi kengligi 7 metr, og‘irligi esa 1 452 kg. Vengriyada Bela Varga va Gabor Varga tomonidan tayyorlangan ushu kitob 2010-yil may oyida “Ginnes rekordlari kitobi”ga dunyodagi eng katta kitob sifatida kiritilgan. Uning 346 sahifasi reklama bilbordlari tayyorlashga mo‘ljallangan yirik formatli printerda chop etilgan. 

9. Ipli giper-havolalari bor kitob (2010-yil)

картинка tatalexaros

Ushbu ajoyib kitob Mariya Fisher tomonidan Augsburg Universitetida diplom ishi sifatida tayyorlangan. “Traumgedanken” (“Tushlardagi o‘ylar”) bir-biri bilan ipda tartibli qilib ulangan ilmiy, falsafiy va nazmiy matnlarning jamlanmasidan iborat. Raqamli texnologiyalar davrida yaratilgan bu kitob nafaqat tushlar mantig‘ini ifoda etadi, balki internetning moddiy metaforasini ham aks ettiradi. 

10. O‘zini o‘zi yoqib yuboruvchi kitob (2013-yil)

картинка tatalexaros

Bu o‘ziga xos g‘oya faqatgina bitta o‘ziga xos kitob – “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” kitobi uchun qo‘llanilishi mumkin edi. Kitob muqovasiga uning nomidagi bir soni o‘rniga gugurt qo‘yilgan. Kitobning “umurtqasi” gugurt qutisi qirg‘ichi ko‘rinishida tayyorlangan. Demak kitobni yoqsa ham bo‘ladi.  Bu g‘oya talaba Elizabet Perez tomonidan Austin Creative Department dizayn maktabi studiyasida ish paytida o‘ylab topilgan.


Bu ham qiziq

27-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

27-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
21:52 / 26.04.2025
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi

Rossiyaning Astraxan viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi. Bu haqda b…
18:33 / 26.04.2025
Toshkentda 21 yoshli yigit sevgan qizini kaltakladi

Toshkentda 21 yoshli yigit sevgan qizini kaltakladi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.
13:01 / 26.04.2025
Pokiston ayblovlar uchun Hindistonga javob qaytardi

Pokiston ayblovlar uchun Hindistonga javob qaytardi

“Pokiston Senati bir ovozdan Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir hududida sodir etilgan teraktda Islomobodning rolini ink…
08:38 / 26.04.2025
Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdosi aniqlandi

Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdosi aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tk…
08:23 / 27.04.2025
O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi?

Muvofiqlik deklaratsiyasini sertifikatlashtirish organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi. Ko‘rsatilgan sanad…
11:25 / 26.04.2025
Shavkat Mirziyoyev IV xalqaro baxshichilik san’ati festivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev IV xalqaro baxshichilik san’ati festivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IV xalqaro baxshichilik san’ati festivali ishtirokchilariga tabrik yo…
21:32 / 26.04.2025
Toshkent va Namangan viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Toshkent va Namangan viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar …
21:07 / 25.04.2025
26-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

26-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
22:27 / 25.04.2025
O‘zbekistonda benzin, dizel, gaz va elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi

O‘zbekistonda benzin, dizel, gaz va elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi

Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
18:44 / 25.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!