$
12410.99 UZS
-85.95
158.38 UZS
-1
14237.89 UZS
-167.33
40° Kechasi 24°

Telefonni qanday qilib suvdan ehtiyotlash mumkin: Hammaga birdek asqatuvchi 5 tavsiya

16:07 / 30.04.2020

 Aksariyat zamonaviy telefonlar suvdan saqlovchi maxsus himoya qatlamiga ega. Ular bilan vannaxonaga ham, yomg‘irli ob-havoda ham, hovuzda cho‘milish uchun ham bemalol boraverasiz. Odatda bunday xususiyatga ega telefonlarning narxi boshqalariga qaraganda qimmatroq bo‘ladi. Ammo gadjetning himoya qoplamiga ishonib suv bilan ko‘p kontaktga kirishaverish ham tavsiya etilmaydi. Negaki, namlik har qanday qimmat telefonga ham zarar keltirishi mumkin. Agar uni namlikdan himoyalash usullarini bilsangiz, bu narsa sizga xavf sololmaydi.
 
1. Suv o‘tkazmaydigan g‘ilof

Smartfonni suvdan saqlashning eng oson usuli bu unga maxsus himoyalovchi g‘ilov kiydirib qo‘yishdir. Bunday aksessuar qurilmaga suv kirishi mumkin bo‘lgan joylarini zich berkitadi va sizni namlik qo‘rquvidan qutqaradi. Bunday maxsus g‘ilof bilan suv ostida ham zo‘r rasmlar yaratsa bo‘ladi. Ammo suv ostida telefon ekrani sensori susayishi mumkin. Mana shunday holatlarda telefonning mexanik tugmalaridan foydalansa bo‘ladi.
 
2. Universal keys

Agar siz brendi unchalik ham mashhur bo‘lmagan telefon tutsangiz, unga suvdan himoyalovchi g‘ilof topish muammo bo‘lishi mumkin (bunday g‘ilof turlari ko‘proq qimmat brend telefonlarga moslab chiqariladi). Mana shunday holatlar uchun universal keyslar yaratilgan. Ular shaffof cho‘ntak shaklidagi zich yopiluvchi zastejkadan iborat. Bunday keyslar telefon, hujjat, pul, chipta kabi qimmatbaho narsalaringiz uchun to‘liq mos keladi. Ular telefoningizni suvdan, yomg‘ir-qordan saqlaydi.
 
3. Maxsus tiqin

Smartfon yoriqlarini berkituvchi maxsus tiqin (zaglushka)lar haqida bilasizmi? Asosan bunday tiqinlar quloqchin, quvvatlagich ulanuvchi teshiklarga o‘rnatiladi. Ular zich yopilib, telefonni germetik holatga keltiradi. Bunday tiqinlar muayyan modeldagi telefonlar uchun moslab chiqariladi: Android uchun USB va USB-Type-C ko‘rinishidagi, iPhone uchun Lightning ko‘rinishdagilari mavjud. Hozirda bunday moslamalarni texnika sotiluvchi do‘konlardan topishingiz mumkin.
 
4. Suvni itaruvchi spreylar

O‘zidan suvni itarib, suv yuqtirmaydigan spreylar ham allaqachon o‘ylab topib bo‘lingan. Bunday sprey qurilma ustida suv turishiga yo‘l qo‘ymaydi. Biroq bu turdagi spreylar ishonchli himoyani ko‘p ham va’da qilolmasligi mumkin. Ammo bu telefoningizni qo‘pol g‘ilov yoki cho‘ntakda solib yurishdan qutqarishi mumkin. Negaki, sprey telefon korpusini qirilishlardan saqlaydi ham.
 
5. Qo‘l ostidagi vositalardan foydalanish


Ba’zida shunday holat bo‘ladiki, telefonni suvdan saqlovchi yuqoridagi vositalar yoningizda bo‘lmaydi. Bu holatda nima qilish kerak? Ko‘chada yomg‘ir sharros quyib yotgan bo‘lsa-chi? Bu holatda telefonni ustki kiyim yoki sumkaning ichki cho‘ntagiga solish kifoya. Yoki, uni oddiygina sellofan paket ichiga solib, o‘rab qo‘ysangiz ham bo‘ladi.


Bu ham qiziq

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Xabarlar yuzasidan Toshkent shahar IIB quyidagilarni ma’lum qildi.
16:26 / 23.06.2025
AQShda OITSdan 100 foiz himoyalaydigan birinchi vaksina ishlab chiqildi

AQShda OITSdan 100 foiz himoyalaydigan birinchi vaksina ishlab chiqildi

Yeztugo preparatini yiliga faqat ikki marta qabul qilish kerak. U allaqachon 7,000 kishi ishtirok etgan klinik sinovlardan o…
14:35 / 20.06.2025
Turkmaniston orqali Erondan 60 ga yaqin o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Turkmaniston orqali Erondan 60 ga yaqin o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

“Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat tufayli qator davlatlar, jumladan O‘zbekiston ham o‘z fuqarolarini xavfsiz ravishda Vatani…
14:32 / 21.06.2025
24-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
17:36 / 23.06.2025
20-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

20-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
17:18 / 19.06.2025
Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
11:54 / 23.06.2025
O‘monda turmush o‘rtog‘i tomonidan tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonlik ayol va farzandlari vatanga qaytarildi

O‘monda turmush o‘rtog‘i tomonidan tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonlik ayol va farzandlari vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston diplomatlari sa’y-harakati bilan O‘monda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayolning O‘zbekistonga qaytishi …
10:07 / 21.06.2025
AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

“Tramp ma’muriyati Erondan ehtimoliy qasos hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, aynan keyingi 48 soat jiddiy xavotir uyg‘otmoqda…
15:34 / 22.06.2025
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari yana ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari yana ogohlantirildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda yangi cheklovlar joriy etilganidan ogohlantirdi.
11:40 / 22.06.2025
Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Dam olish kunlari harorat yana 38-40 darajagacha, janubda 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Faqat respublikaning tog‘ …
12:07 / 20.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!