$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Gulqog‘oz (oboy) shishib, ko‘chib ketmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

10:22 / 17.12.2019

O‘z qo‘l mehnati bilan ta’mirlashni afzal ko‘radiganlar ko‘pincha yoqimsiz muammoga duch kelishadi: devor qog‘ozida pufakchalar paydo bo‘ladi yoki ular shunchaki ko‘chishni boshlaydi. Buning oldini olish uchun oddiy, ammo juda muhim ayyorona usullarni bilish kerak

1.  Yelimni to‘g‘ri tanlash 

Har bir gulqog‘oz uchun maxsus mo‘ljallangan yelimlardan foydalanish kerak. Bozorda bong urib sotiladigan umumiy (universal) yelimlar faqat yupqa gulqog‘ozlarni yopishtirishga yaraydi, xolos. Gul qog‘ozning turiga qarab tanlanadigan yelimlar mustahkamlikni ta’minlaydi. Buning uchun yelimlarda yozilgan izohlarni yaxshilab o‘qish lozim. U yerda yelim qaysi gulqog‘oz uchun mo‘ljallangani yozib qo‘yiladi.

 

2.  Gulqog‘oz uchun devorlarni to‘g‘ri tayyorlash

Bu jarayonni ishning eng asosiy qismi deb atash mumkin, lekin afsuski ko‘pchilik uning muhim ekanligiga ahamiyat bermaydi. Gulqog‘oz yopishtirishni boshlashdan oldin eski gipsni butunlay olib tashlab, devorni tekislash kerak. Biroq ko‘pchilik bunga erinib eski gips ustidan yangi gipsni yupqa qatlam qilib surtib gulqog‘ozni yopishtiraverishadi. 

3.  Sabr

Gulqog‘oz yopishtirishdan avval “gruntovka” yoki “shpatlyovka”ni yaxshilab qurishini kutish kerak. Faqat shundan keyingina eng qiziq jarayonni boshlash mumkin bo‘ladi. Agar gulqog‘oz yaxshi qurimagan yuza ustiga yopishtirilsa, devorda shishlar paydo bo‘ladi va chiroyli fon ko‘cha boshlaydi.

 4.  To‘g‘ri quritish jarayoni

Yopishtirilgan gulqog‘oz tabiiy sharoitda quritilishi kerak. Ushbu jarayonni tezlashtirishga urinishning hojati yo‘q. ularni shunchaki yelvizakning o‘zi quritishiga qo‘yib berish kerak. Agar ventilyator yoki isitish pechlaridan foydalanilsa, qog‘ozning usti qurib orti nam bo‘lib qolaveradi. Natijada hamma qilgan mehnatingiz “bir tiyin” bo‘ladi.  

5.  Gulqog‘oz qadog‘ida ko‘rsatilgan qoidalarga amal qiling

Yangi chiqayotgan gulqog‘ozlar qadog‘ida undan foydalanish qoidalari yozilgan bo‘ladi. Buni keraksiz deb hisoblab, e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. Har bir gulqog‘oz o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, ba’zi gulqog‘ozlarning o‘ziga yelim surtib devorga yopishtirish kerak bo‘lsa, boshqalarini devorga yelim surtib keyin quruq qog‘ozni yopishtirish kerak bo‘ladi. 

Xullas, uyingiz uzoq vaqt chiroyli bo‘lib turishini istasangiz, yuqoridagilarga amal qiling!


Bu ham qiziq

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!