$
11934.64 UZS
-14.39
164.14 UZS
-2.14
13896.69 UZS
-25.12
31° Kechasi 18°

Korxonani tugatish to‘g‘risidagi e’lon bundan buyon bosma nashrlarda berilmaydi

16:30 / 17.12.2019

Tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan bir qator qonunlarga tuzatishlar kiritildi. Bu haqida Norma nashri ma’lum qildi.
 
Unga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan tugatish jarayonlari soddalashtiriladi. Xususan, korxonani tugatish to‘g‘risidagi e’lon bundan buyon bosma nashrlarda berilmaydi – uni Davlat xizmatlari agentligi saytiga joylashtirishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Faoliyat yuritmayotgan korxonalarga faoliyatini tiklashga imkoniyat beriladi – avvaliga 3 yilga faoliyat yuritilmaydigan rejimga o‘tkaziladi, bu yordam bermasa tugatiladi. 

 
Ma’lumot uchun, ilgari qonunosti hujjatlarida qabul qilingan tuzatishlar bilan qayd etilgan yangi tartib elementlari Fuqarolik kodeksi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”, “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlari to‘g‘risida” va “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonunlarga kiritildi.
 
Shu tariqa, yangi mexanizmni amaliyotga joriy etishda to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan qonun va qonunosti hujjatlari o‘rtasidagi ehtimoliy ziddiyatlar bartaraf etildi.
 
Eslatib o‘tamiz, Qonun 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.


Bu ham qiziq

Samarqandda elektromoped 8 kishi bilan kanalga quladi: 4 kishi halok bo’ldi

Samarqandda elektromoped 8 kishi bilan kanalga quladi: 4 kishi halok bo’ldi

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 8 nafar fuqaro bo‘lgan elektromoped kanalga qulab tushishi oqibatida 4 kishi halok …
13:04 / 02.06.2026
4-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

4-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi…
12:24 / 03.06.2026
Kichik va o‘rta biznesni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari

Kichik va o‘rta biznesni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari

alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini rea…
17:42 / 30.05.2026
“Ba’zan bizda milliy ruh yetishmaganday bo‘lyapti”

“Ba’zan bizda milliy ruh yetishmaganday bo‘lyapti”

“Sahna asarlari bor, lekin kuchli ta’siri yo‘q. Qo‘shiqda ovoz bor, lekin xalqning o‘tkir nafasi sezilmayapti. Kinoda haraka…
14:11 / 01.06.2026
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ishonchi yanada mustahkamlandi

O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ishonchi yanada mustahkamlandi

Xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “Barqaror” (Stable) darajasidan “…
19:11 / 03.06.2026
Chirchiqda zamonaviy polimer mahsulotlari ishlab chiqarish kengaymoqda

Chirchiqda zamonaviy polimer mahsulotlari ishlab chiqarish kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkidagi “NovoPlast TPE” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
12:50 / 02.06.2026
Venada tarixiy kun: Global kun tartibini O‘zbekiston boshlab berdi

Venada tarixiy kun: Global kun tartibini O‘zbekiston boshlab berdi

Bugun Venada global xavfsizlik va huquq-tartibotni belgilovchi eng yirik platforma — BMT Jinoyatchilikning oldini olish va j…
20:34 / 01.06.2026
Qozog‘iston Eron uranini qabul qilishi mumkin

Qozog‘iston Eron uranini qabul qilishi mumkin

Qozog‘iston Eron yadro dasturi bo‘yicha AQSh va Eron o‘rtasida kelishuvga erishilgan taqdirda, Eronning uran zaxiralarini qa…
14:12 / 30.05.2026
To‘rt hududda qariyb 7 milliard so‘mlik mineral o‘g‘itlar talon-toroj qilingani aniqlandi

To‘rt hududda qariyb 7 milliard so‘mlik mineral o‘g‘itlar talon-toroj qilingani aniqlandi

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tekshiruvlarda saqlash uchun qabul qilingan mineral o…
03:20 / 02.06.2026
O‘zbekistonda bolalar soni qancha?

O‘zbekistonda bolalar soni qancha?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
09:54 / 01.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!