$
12917.10 UZS
-48.24
160.14 UZS
-1.2
14460.69 UZS
-64.38
28° Kechasi 17°

Xarajatlarni nazorat qilishning eng oddiy va bezarar usuli

09:27 / 12.02.2020

Budjetni rejalashtirish — moliyaviy muvaffaqiyat garovi, biroq bu zerikarli va uzoq vaqt talab qiladigan ish, boz ustiga, bu bizga pullarimiz tugab borayotganini yodga solib turadi. Xarajatlarni rejalashtirishning boshqa varianti ham bor. Forbes jurnali budjetni rejalashtirish markazi Quad Cities idorasining katta moliyaviy rejalashtiruvchisi Endryu Siversenning bu boradagi tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Ba'zan hatto bir oylik budjetni rejalashtirish — bu ma'lum bir vaqt bizga zavq bag‘ishlagan, biroq amalda daromadlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan xarajatlar uchun jazo. Biroq moliyaviy vositalarimizni nazorat qilishning nisbatan bezarar boshqa bir usuli mavjud. U moliyaviy maslahatchi Marti Kyors tomonidan ishlab chiqilgan. Kyors odamlar pullarni odatda uch toifaga bo‘lishini kuzatdi: eski majburiyatlar, kundalik xarajatlar va kelgusidagi ehtiyojlar. Daromadlarni ushbu toifalar bo‘yicha taqsimlashni o‘rganib, hayotni biroz yengillashtirish mumkin.

To‘lovlarni amalga oshirishga sarflanuvchi va o‘zingizga sarflashingiz mumkin bo‘lgan pullarni ajrating. Bu "ko‘rpaga qarab oyoq uzatish" imkonini beradi.

Qayd etilgan xarajatlar

Dastavval bunday xarajatlar sizning yillik daromadingizning yarmidan ko‘pini tashkil qilishiga ishonch hosil qiling. Shu summadan kelib chiqib, qanday uy yoki mashina sotib olishni, qanday xizmatlar muhimroq ekani borasida bir qarorga kelish mumkin. Qolgan ikki toifaga qancha pul qolishi shunga bog‘liq.

Moslashuvchan xarajatlar

Bu kundalik xarajatlar: oziq-ovqat mahsulotlari, benzin, o‘yin-kulgi, shaxsiy buyumlar va h.k. Bu toifaga daromadlaringizning taxminan 30 foizi ajratilishi  kerak. Bir yilda qancha pul sarflashingizni hisoblab, uni 52 (bir yildagi haftalar soni)ga bo‘ling. Shunda bir hafta uchun zarur summa kelib chiqadi.

Kelgusidagi xarajatlar

Mazkur toifa daromadlarning taxminan 20 foizini tashkil qilishi kerak. Unga pensiya jamg‘armalari, sayohatga ajratilgan pullar, tibbiy xarajatlar yoki ta'mirlov. Bularning har biriga muayyan hisob raqami ochish va yig‘ilgan pullardan kelib chiqib, ularni nimaga sarflash borasida bir qaror chiqarasiz. Kelajak uchun shunday hisob raqamlariga ega bo‘lsangiz, birovdan qarz olishga yoki kredit kartalardan foydalanishga to‘g‘ri kelmaydi.

An'anaviy oylik budjetni tuzishdan farqli o‘laroq, bu tizimni qayta ko‘rib chiqishga deyarli hojat yo‘q. Ish haqingiz hajmi o‘zgarganda yoki qandaydir katta xaridni rejalashtirsangiz, unga tuzatish kiritish kerak, xolos. Kundalik hayotda esa xaridning qaysi toifaga mansubligini aniqlash va unga pul sarflash yo sarflamaslik borasida bir qarorga kelishgina qoladi.


Bu ham qiziq

Endi yo‘llarni ta’mirlash kechqurun amalga oshiriladi

Endi yo‘llarni ta’mirlash kechqurun amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 1-iyundan boshlab soat 07:00 dan 21:00 gacha shahar ko‘chalarida yo‘llarni ta’mirlash va yo‘l belgilarini qo‘l…
20:08 / 16.05.2025
Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvargacha yer solig‘idan ozod etiladi

Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar 2030-yil 1-yanvargacha yer solig‘idan ozod etiladi

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
11:51 / 17.05.2025
AQShda tornado oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

AQShda tornado oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

Sent-Luis shahri rasmiylari bu tornadoni “tarixdagi eng dahshatli bo‘ronlardan biri” deb atadi. Noqulay ob-havo oqibatida ta…
08:28 / 18.05.2025
“Sudya”likka da’vogarlik qilgan 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

“Sudya”likka da’vogarlik qilgan 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

DXX Call-markaziga murojaat qilgan Toshkent viloyatida yashovchi fuqarodan, viloyat ichki ishlar xodimining o‘z xizmat vakol…
14:00 / 18.05.2025
17-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
04:30 / 17.05.2025
O‘zbekistonlik snayperlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik snayperlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Turkiyada o‘tkazilgan “Eng yaxshi merganlar jamoasi” V xalqaro tanlovida o‘zbekistonlik harbiylar oltin medalni qo‘lga kirit…
20:39 / 18.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 24-may kuni o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 24-may kuni o‘tkaziladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bu yil so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida turli no…
13:35 / 18.05.2025
18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
03:26 / 18.05.2025
Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzax viloyati, Jizzax shahar, “Xalqabod” MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risid…
14:23 / 17.05.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va voyaga yetmagan farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va voyaga yetmagan farzandi vatanga qaytarildi

Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.
08:37 / 18.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!