$
12410.99 UZS
-85.95
158.38 UZS
-1
14237.89 UZS
-167.33
40° Kechasi 24°

Bola 3 yoshdan keyin ota-onasidan alohida uxlashi kerak. Nima uchun?  

15:21 / 24.01.2020

Hozirda ko‘p onalar o‘zlariga qulay bo‘lishi uchun chaqaloqlarini yonida olib uxlashadi. Bu yaxshidir. Biroq bolani alohida xonada uxlaydigan vaqti kelganda ajratish juda qiyin kechishi mumkin. 

Ruhshunoslar bola 3 yoshga to‘lganda alohida uxlashi shart deb hisoblashadi. Aynan mana shu yoshda u o‘zi va onasi yagona borliq emasligini tushunib yetadi. O‘z chegaralarini belgilab olishni boshlaydi. 

Ko‘pgina bolajonlar o‘zining alohida xonasi bo‘lishini va uni tasarruf eta olishni xush ko‘rishadi. Biroq “ko‘chish”ning dastlabki kunlarida bu biroz og‘irroq kechadi.  
“Ko‘chib o‘tuvchilar”ning ota-onalari uchun layfxaklar

1.  Bola onasiz uxlashga qo‘rqishi mumkin. Karavoti yonidagi stulda onasining biror kiyimi turgani ma’qul. Onasining hidi bolani tinchlantiradi.
2.  Bolani uyquga tayyorlang: ertak aytib bering. Allalang. Uxlagandan keyin chiqib ketsangiz yana-da yaxshi. 
3.  Bola qorong‘ilikda yolg‘iz o‘zi uxlashga qo‘rqadi. Tunchiroqni yoqib qo‘ygan ma’qul.

Bolalar ota-onasining oldiga birgalikda uxlash uchun qaytib kela boshlaydi. Bunday holatda qanday yo‘l tutiladi?  

Ruhshunos maslahati:
Agar bola oldingizga birinchi marta qaytib kirsa, uni erkalatib, suyub, shirin so‘z ayting va o‘zining karavotiga olib chiqib yotqizing-da, xonasidan chiqib keting.  
Ikkinchi marta: erkalating, o‘pib qo‘ying, biroq gaplashmang. Indamasdan xonasiga olib borib yotqizing va ortingizga qayting.
Uchinchi marta: erkalatmang, o‘pmang, gaplashmang ham. Shunchaki qo‘llaridan ushlab, joyiga yotqizib, o‘z xonangizga qayting.
Bu holat butun tun davomida 10 martagacha takrorlanishi mumkin. Asabiylashmang, bolaga charchab ketganingizni bildirmang. Sabr qiling va boshlagan ishingizni nihoyasiga yetkazing. Bolaning alohida uxlashga o‘rganishi o‘zingizga bog‘liq. 

Bola ota-onasi qat’iy qaror qabul qilganini tushunganidan keyin alohida uxlashga ko‘nikadi. Biroq shunday holatlar bo‘ladiki, alohida uxlaydigan bola kechasi bosinqirab qo‘rqishi, o‘zini yomon his qilishi mumkin. Bu holatlarda bolani o‘z o‘rnida yotishga majbur qilish yaramaydi. Yoningizga oling. Ertalab esa kechasi nima bo‘lganini aniqlab olish mumkin.

Agar bola 4,5 va undan ham kattaroq yoshda ota-onasidan alohida xonada uxlashni istamasa, buning sababini aniqlab olish va muammoni bartaraf qilish kerak. Uyqudan oldin bolaning planshet, telefon, kompyuter o‘ynashiga yo‘l qo‘ymang. Kechki o‘yinlar juda sokin bo‘lishi zarur. Sayr ham juda foydali. 


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

“Elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘…
12:25 / 23.06.2025
Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
11:54 / 23.06.2025
Samarqandda 1 kg giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs ushlandi

Samarqandda 1 kg giyohvandlik vositasini sotayotgan shaxs ushlandi

Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
12:43 / 21.06.2025
Eron yadro dasturi bo‘yicha Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan muzokara o‘tkazadi

Eron yadro dasturi bo‘yicha Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan muzokara o‘tkazadi

Reuters’ning xabar berishicha, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirlari Jenevada ertaga, 20-iyun kuni …
15:07 / 19.06.2025
Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Dam olish kunlari harorat yana 38-40 darajagacha, janubda 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Faqat respublikaning tog‘ …
12:07 / 20.06.2025
AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

“Tramp ma’muriyati Erondan ehtimoliy qasos hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, aynan keyingi 48 soat jiddiy xavotir uyg‘otmoqda…
15:34 / 22.06.2025
Turkmaniston orqali Erondan 60 ga yaqin o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Turkmaniston orqali Erondan 60 ga yaqin o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

“Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat tufayli qator davlatlar, jumladan O‘zbekiston ham o‘z fuqarolarini xavfsiz ravishda Vatani…
14:32 / 21.06.2025
Tramp Eron yadroviy obyektlariga uyushtirilgan hujumlarni “mislsiz muvaffaqiyat” deb atadi

Tramp Eron yadroviy obyektlariga uyushtirilgan hujumlarni “mislsiz muvaffaqiyat” deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika harbiy-havo kuchlari Erondagi uchta eng yirik yadroviy obyektni bombardimon qilganidan …
09:18 / 22.06.2025
O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat pasayadi

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat pasayadi

“Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga janubdan yana quruq va issiq havo kirib keladi”, – deb xabar bermoqda “O‘zg…
14:35 / 23.06.2025
Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Xabarlar yuzasidan Toshkent shahar IIB quyidagilarni ma’lum qildi.
16:26 / 23.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!