$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

AQSh O‘zbekiston ta’lim sohasi uchun 50 mln. dollar ajratdi

16:53 / 28.09.2019

Bugun, 28-sentyabr kuni O‘zbekiston va АQSh o‘rtasida taʼlim taraqqiyotiga ko‘maklashish bo‘yicha muhim kelishuv imzolandi

Hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, АQSh elchixonasining muvaqqat vakili Аlan Meltsar va USAID ning Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchisi Juli Sausfildlar imzoladilar.

Mazkur kelishuvga asosan, АQSh hukumati kelgusi besh yil davomida mamlakatimizga taʼlim sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million AQSh dollarigacha mablag‘ ajratadi.

АQSh mazkur kelishuv doirasida O‘zbekistonda taʼlim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ushbu mablag‘ning 19,5 million dollarga teng bo‘lgan birinchi qismini ajratdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur ikki tomonlama kelishuv АQSh va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi birinchi keng qamrovli grant shartnoma bo‘lib, u Аmerika Qo‘shma Shtatlarining yurtimiz taʼlim sohasidagi taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash borasidagi uzoq muddatli majburiyatini belgilaydi. Shuningdek, ushbu bitim asosida moliyalashtirilgan tadbirlar boshlang‘ich maktablarda o‘qish va matematikadan dars berish natijalarini yaxshilash, axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda ingliz tilini o‘qitishda O‘zbekiston hukumati bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.

Xususan, loyiha Xalq taʼlimi vazirligining o‘quvchilarning axborot texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “IT Nation” tashabbusini amalga oshirishda ilmiy asoslangan strategiya yaratishda ko‘mak beradi.

Taʼkidlash joizki, taʼlim sohasidagi muammolardan biri o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini obyektiv baholash vositalarining yo‘qligidir. USAID agentligi ko‘magida yurtimiz umumtaʼlim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘qish va matematika (EGRA and EGMA) fanlari bo‘yicha tadqiqot ishlari olib boriladi. Ushbu tadqiqotlar o‘g‘il-qizlarning bilimidagi bo‘shliqlarni aniqlashga yordam beradi va ushbu muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi. Mazkur loyihaga USAID qo‘shimcha 1,5 mln. AQSh dollari ajratadi.

Shuningdek, USAID agentligi mazkur loyiha davomida Xalq taʼlimi vazirligiga zamonaviy taʼlim usullarini joriy etish yo‘llari bilan bir qatorda mamlakatimiz maktablarida ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirishga qaratilgan “English speaking nation” dasturini amalga oshirishda yordam beradi. АQShlik hamkorlar bu loyihani amalga oshirish uchun yana 5 mln. AQSh dollari taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilingan edi. Mazkur loyiha konsepsiyada nazarda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi.


Bu ham qiziq

Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Voyaga yetmaganlar yengil jinoyat uchun endi sudlanmagan hisoblanadi

Senatning navbatdagi majlisida qaror loyihasi ko‘rib chiqildi
18:12 / 02.08.2025
Ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

Ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

Hukumatning 2-avgustdan kuchga kirgan “Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarg…
14:30 / 03.08.2025
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni hukumatlari imzolagan shartnoma rasman kuchga kirdi

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi
19:07 / 03.08.2025
Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Germaniyada ishsizlik nafaqasi oshdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada ishsizlik nafaqasi rekord darajadagi 47 milliard yevroga yetdi.
17:14 / 03.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlari endilikda vizasiz safar qila oladi

Bu haqda xalqaro shartnomani tasdiqlash haqida prezident qarori qabul qilindi
20:42 / 03.08.2025
Toshkentdagi “Mangal fest”da janjal chiqdi

Toshkentdagi “Mangal fest”da janjal chiqdi

Ma’lumotlarga ko‘ra “Mangal fest”da bir guruh fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.
12:20 / 03.08.2025
Xivada bog‘cha rahbari bolaga zo‘ravonlik qildi

Xivada bog‘cha rahbari bolaga zo‘ravonlik qildi

Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:31 / 02.08.2025
Armaniston va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Armaniston va AQSh birgalikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Bu haqda tegishli kelishuv imzolandi
21:22 / 02.08.2025
O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

O‘zbekistonliklar joriy yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilgan?

Bu borada qo‘shni davlatlarga sayohat qilish yuqori o‘rinlarda bormoqda
21:17 / 03.08.2025
Toshkentda 2-avgustdan 25-avgustgacha yo‘l yopiladi

Toshkentda 2-avgustdan 25-avgustgacha yo‘l yopiladi

Shuningdek, xabarda avtobuslarning harakat vaqti hamda oraliq vaqti rejadagidan uzoqroq boʻlishi mumkinligi bildirilgan.
12:43 / 03.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!