XABARDOR.UZ: Jonivorlar ichida itlar xo‘jayiniga sodiqligi bilan alohida e'tirof etiladi. Mazkur maqolamizda o‘zining g‘aroyib va chiroyli ko‘rinishi bilan insonlarga quvonch ulashuvchi opa-singil kuchuklarning suratlarini e'tiboringizga havola qilamiz.
Tomosha qiling va zavqlaning.
Sofi va Sara bir juft ingliz kuchuklari Niderlandiyada yashaydi. Ular suratga tushishni juda yaxshi ko‘rishadi. Chunki ushbu itlarning xo‘jayni Kis Bol (Cees Boll) suratkash bo‘lib, ularni do‘stlari bilan birgalikda suratga tushirishni yoqtiradi.
6 yoshli Sofi va 4 yashar Sara turli yoshdagi opa-singillar, hanuz bir-biridan ajralishmaydi. Ular kamera oldida chiroyli ko‘rinishda turib suratga tushishni yaxshi ko‘rishadi (ayniqsa, buning uchun ba'zida yegulik olganlari tufayli). Ular ko‘plab joylarda, misol uchun Avstriya Alpiga yaqin joylashgan Sibkulo adirlarida ham surat tushishgan.
"Suratga tushirishimning asosiy sababi insonlarni baxtli qilish va ularning yuzlariga kulgu baxsh etish - Sofi va Sara ham aynan shunaqa qiladi", degan edi Bol "Dailymail"ga bergan intervyusida. "Salbiy holatlar ham uchrab turadigan dunyoda bu narsa menga ijobiy va yorqin bo‘lib ko‘rinadi. Insonlarni baxtli qiyofada ko‘rish, meni ham baxtli insonga aylantiradi".
























O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!