Sayyoramizdagi eng boy insonlardan biri, “Microsoft” kompaniyasi asoschisi 58 yoshli milliarder Bill Geyts hozirda uch nafar farzandini qattiqqo‘llik bilan tarbiyalayapti. Quyida daho va uning hayoti haqida shu kabi qiziqarli ma'lumotlarni keltirib o‘tmoqchimiz.
Kompyuterga bo‘lgan qiziqish Billda juda erta uyg‘ongan. Maktabda o‘qib yurgan chog‘idayoq o‘rtoqlari bilan har xil dasturlar yaratishni boshlagan. Napoleon Bonapart haqida o‘qib turib, dunyoni boshqarish vazifasi kiritilgan o‘yin yaratadi.

13 yoshida Bill maktab kompyuter tizimini buzib, axborotlarning barchasiga kira oldi. Jazo berilishi bilan birga, unga Sietl kompyuter markazida dasturchi bo‘lib ishlash taklifi bildirildi.

Garvardda o‘qib yurgan paytida u o‘z ustozlariga 30 yoshgacha millioner bo‘lishini aytdi. O‘qituvchilari uni iste'dodli dasturchi, shu bilan birga, yaramas odam sifatida eslashadi.
Bill Garvarddan darslarni o‘zlashtirolmagani uchun haydalgan. Ko‘p yillar o‘tib, sobiq talabaga diplomini berishga qaror qilindi. Bu voqelik 2007 yilda, u o‘qishdan haydalgandan 32 yil o‘tib yuz berdi.

Geytsning eng mashhur iboralaridan biri butun jahon o‘rgimchak to‘ri haqidadir. U “Internet — uning istiqboli yo‘q” degan edi. Bir necha yil o‘tib u fikridan qaytib, bu gapini qaytib oldi.
1997 yilga qadar Bill samolyotlarda ekonom-klasslarda uchardi. O‘sha paytda uning hisobida 6 milliard dollar bo‘lgan. Hozir ham imkoni boricha u eng arzon biletlarni sotib olishga harakat qiladi.

Bill bolaligida arg‘imchoq uchishni xush ko‘rardi. U biror bir masalaga yechim topmoqchi bo‘lsa, arg‘imchoqqa o‘tirib uchardi va tashqi olamdan uzilardi.
Bill Geytsning uyi har xil elektron qurilmalarga to‘la. Elektron gulqog‘ozlar pult yordamida o‘zgaradi. Uyda yashovchilarning mikrochiplari bor. Uy esa lazerli qurollari bilan qo‘riqlanadi.

Bill 30 milliard dollar miqdoridagi pulni xayriya ishlariga sarflagan. 2009 yilda Bill va Melinda Geyts xayriya fondi tashkil etilgan. O‘limidan keyin uning milliardlari xayriya fondiga tushadi. Kam miqdordagi mablag‘, ya'ni bor-yo‘g‘i 10 million dollargina farzandlariga meros bo‘lib qolishi belgilangan.
Bill Geytsdan hayotdan yana nima xohlashini so‘rashganida, u hammasidan ko‘proq o‘lmaslikni istaganini aytgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!