Har kuni ishga otlanishdan oldin bugungi kunning xayrli va quvonchli o‘tishini istaymiz. Ammo har doim ham biz xohlagandek vaziyatga duch kelavermaymiz. Kimdir jamoat transportidagi tiqilinchdan noliydi, kimdir esa betartib avtomobil qatnovidan. Bu kabi ko‘gilsizliklarning oldini olish uchun turli qoidalar ishlab chiqiladi. Qoidalarga rioya qilishni talab qilishdan oldin esa kishining o‘zi batartib inson bo‘lishi mantiqan adolatli bo‘ladi.
Demak, shaxsiy avtomobilda haydovchini quvib o‘tishni boshlashdan oldin quyidagilarni e’tiborga olish kerak:
o‘zi o‘tmoqchi bo‘lgan harakatlanish bo‘lagi quvib o‘tish uchun yetarlicha masofada bo‘sh ekanligiga, quvib o‘tish jarayonida harakatlanishga xavf tug‘dirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga;
shu bo‘lakda orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tishni boshlamaganligiga;
oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga;
quvib o‘tishni tugallayotganda quvib o‘tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan bo‘lakka qaytib o‘ta olishiga ishonch hosil qilishi shart.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!