$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
43° Kechasi 27°

Texnologik yangiliklar (12.03.2015)

17:52 / 12.03.2015

“O‘zbektelekom” IP/MPLS tarmog‘ining tezligini 100 Gbit/s ga oshirdi

uzbektelecom

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda “TShTT” filialining IP/MPLS tarmog‘ini modernizatsiya qilish borasida olib borgan ishlari natijasida tarmoq tezligi yangi DWDM transport tarmog‘i negizida 100 Gbit/s ga yetkazildi. Yangi tarmoq Toshkent shahrining barcha tumanlarini tezkor optik kanallar orqali birlashtiradi.
anons.uz resursining ta'kidlashicha, bu O‘zbekiston hududidagi 100 Gbit/s tezlikka ega birinchi IP/MPLS tarmog‘i bo‘ldi.

Yangi Hyundai Elantra’ning surati taqdimotdan bir oy ilgari internetga chiqib ketdi

Hyundai kompaniyasi ishlab chiqqan yangi sedan Hyundai Elantra’ning rasmiy taqdimotiga hali bir oy borligiga qaramay, uning surati allaqachon internetga chiqib ketdi. Avtomobil sohasi mutaxassislari internetda kezib yurgan yagona suratga asoslangan holda yangi avtomashina bundan oldingi i30 va i40 rusumlaridan jiddiy farq qilmasligini aytmoqdalar. Faqatgina salon dizayni va intererlar masalasida yangi avtomobil eski rusumlarga nisbatan variantlarga boyroq bo‘lishi kutilmoqda.

 

Samsung harbiy standartlar asosidagi smartfonni taqdim etdi

Samsung kompaniyasi Galaxy Xcover 3 smartfonini taqdim etdi. Samsung yangi smartfonni Germaniyada bo‘lib o‘tadigan CeBIT ko‘rgazmasida taqdim etadi.

Smartfon harbiy standartlar asosida yaratilgan bo‘lib, u 1,2 metr balandlikdan tushib ketishga, turli ob-havo sharoitlariga, chang va suvga chidamli qilib yaratilgan. Uning og‘irligi 154 gr, qalinligi 9,95 mm.

Galaxy Xcover 3 4,5 dyuymli displey, 1,2 chastotada ishlaydigan 4 yadroli protsesser, 1,5 GB tezkor hamda 8 GB doimiy xotiraga ega. Asosiy kamera 5 Mp, old kamerasi 2 Mp. Bundan tashqari undan GPS va NFC modullari ham bor. Smartfon Android 4.4 KitKat operatsion sistemasida ishlaydi.

Google Londonda o‘zining birinchi brend do‘konini ochdi

11 mart kuni Londonda Google’ning ilk brend do‘koni ochildi. Do‘kon Currys PC World markazida joylashgan.

Google Shop deb nomlangan ushbu do‘konda kompaniyaning istalgan qurilmasini sinab ko‘rish va sotib olish mumkin bo‘ladi. Do‘konda smartfonlar, planshetlar, xrombuklar, Chromecass smart-TV uchun modullar sotuvga qo‘yiladi. Shuningdek, do‘konda uchta interaktiv kompozitsiyalar ham mavjud bo‘ladi. Ulardan birinchisida Google Earth xaritasi ustidan “uchish”, ikkinchisida “raqamli ballon” bilan chizish, uchinchisida esa Chromecastdan (Google’ning raqamli mediapleyeri) foydalanish mumkin bo‘ladi. 

2014 yil natijalariga ko‘ra Samsung kompaniyasi “aqlli” soatlar bozorida yetakchi bo‘lgan

Statista kompaniyasi o‘tgan yil davomida butun dunyo bo‘ylab 6,8 mln dona “aqlli” soat sotilganini aytmodqa. Bunday qurilmalarning o‘rtacha narxi 189 dollarni tashkil etgan.

Statista “aqlli” soatlar deganda “vaqtni ko‘rsatuvchi qo‘lda taqib yuriladigan va internetga simsiz ulana oladigan” qurilmani tushunadi. Ya'ni bunday qurilmalarga fitnes-bilakuzuklarining ba'zi modellari ham kiritilishi mumkin.

Bu bozorda Samsung so‘zsiz yetakchilik qilmoqda: bu kompaniya o‘tgan yilning 12 oyi mobaynida taxminan 1,2 mln dona aqlli-soat sotgan va shu tariqa bozorning 17,6 foizini egallagan.

Opel yangi flagman krossoverini tayyorlamoqda

Foto: kolesa.ru

AQShning General Motors konserni Opel, Buick, Vauxhall brendlari modellar qatorini yangi flagman krossoveri hisobiga kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Yevropa OAVlari ma'lumotlariga ko‘ra, krossover 2020 yilgacha mo‘ljallangan Opel/Vauxhall markalari ishlab chiqarish rejalariga kiritilgan. Yangi avtomobil SUV segmenti brendlari qatorining flagman avtomobili bo‘lishi kutilmoqda.

Yangi model butun dunyo bo‘ylab Buick, Opel va Vauxhall brendlari ostida sotiladi, OAVlarda yo‘ntanlamasga berilishi mumkin bo‘lgan nomlar orasida Monza SUV, Senator, Admiral va Signum variantlari muhokama qilinmoqda.


Bu ham qiziq

Ukraina va Buyuk Britaniya dron ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil qildi

Ukraina va Buyuk Britaniya dron ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil qildi

Raybird turkumidagi razvedka dronlari Britaniyada ishlab chiqariladi va Ukraina hamda NATO armiyalariga yetkazib beriladi.
16:51 / 03.07.2025
4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:39 / 03.07.2025
Yekaterinburgda hibsga olingan ozarbayjonliklarga ayblov e’lon qilindi

Yekaterinburgda hibsga olingan ozarbayjonliklarga ayblov e’lon qilindi

Ular odam o‘ldirish va suiqasd kabi bir qator og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.
12:03 / 03.07.2025
Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, Qafqazinfo xabar berdi.
16:51 / 01.07.2025
“Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

“Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining kam…
10:49 / 02.07.2025
Ukraina dronlari Ijevskdagi korxonaga hujum qildi

Ukraina dronlari Ijevskdagi korxonaga hujum qildi

Ma’lumot uchun, Ijevsk Rossiya Federatsiyasidagi Udmurtiya Respublikasining poytaxti hisoblanadi. Shahar mashinasozlik va qu…
14:42 / 01.07.2025
Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Xonkendi shahrida …
18:07 / 03.07.2025
AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

“AQSh uchun Ukraina endi ustuvor yo‘nalish emas, Vashington tashqi siyosatining markazida ham emas”, — dedi Ukraina Oliy Rad…
09:30 / 03.07.2025
Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston yetakchisi Xonkendi shahrida o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ham ishtirok…
11:19 / 02.07.2025
2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:19 / 01.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!