$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
33° Kechasi 21°

Atom energiyasidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari belgilanmoqda

10:23 / 29.12.2019

O‘zbekiston Respublikasining “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqida”gi qonuni loyihasi e’lon qilindi.
 
Qonun loyihasiga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi quyidagi mazmundagi 55-1-modda bilan to‘ldiriladi:
 
“55-1-modda. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni buzish
 
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni buzish –
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘ttiz baravaridan o‘ttiz besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.”;
260-modda esa quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“260-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining organlari

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining organlariga ushbu Kodeksning 55, 55-1-moddalarida, 70-moddasida (yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismida), 97, 97-1, 98-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga quyidagilar haqli:

Davlat qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz besh baravarigacha miqdorda;

departament boshlig‘ining o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha miqdorda;

departament boshqarmalari va bo‘limlari boshliqlari — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda;

inspeksiyalarning boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha miqdorda;

kon-texnik inspeksiyalarining va hududiy boshqarmalarning boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda;

davlat inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining
uch baravarigacha miqdorda.”

Shuningdek, loyihaga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlashi lozim.


Bu ham qiziq

11-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddat…
15:26 / 10.06.2025
Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi

Endilikda, shaxsning o‘z aybini tan olishi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilmaydi.
17:08 / 10.06.2025
Sherzodxon Qudratxo‘ja: “Rossiyaga bormang, aziz vatandoshlar!”

Sherzodxon Qudratxo‘ja: “Rossiyaga bormang, aziz vatandoshlar!”

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy Osiyodan borgan mehnat muhojirlari Rossiyada tahqirlangani aks etgan lavhalar keng tar…
15:55 / 10.06.2025
Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
17:19 / 12.06.2025
Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi tasdiqlandi

Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi tasdiqlandi

Bu haqda bokschi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
14:43 / 12.06.2025
O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga mehnat migrantlarining huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga mehnat migrantlarining huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

“O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi reydlar chog‘ida chet el fuqarolariga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani ha…
10:02 / 11.06.2025
Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev qo‘shma deklaratsiya imzoladi

Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev qo‘shma deklaratsiya imzoladi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Res…
14:07 / 10.06.2025
Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a’zolari ushlandi

Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a’zolari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlarini jalb qilga…
09:18 / 12.06.2025
Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi yangi virus tarqalgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi yangi virus tarqalgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Shuningdek, Sanepidqo‘mita axborot xizmati fuqarolarni tasdiqlanmagan yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgila…
11:24 / 10.06.2025
Kaliforniya shtati Tramp ma’muriyatini sudga berdi

Kaliforniya shtati Tramp ma’muriyatini sudga berdi

Da’vo arizasida AQSh prezidenti ma’muriyati federal qonunchilik va Konstitutsiyani buzganligi aytiladi.
11:11 / 10.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!