$
12725.16 UZS
32.74
158.65 UZS
0.21
14507.95 UZS
-3.29
35° Kechasi 21°

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi

10:39 / 12.09.2023

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishi farmon va qarorda nazarda tutilgan.
 
Prezidentning PF–158 sonli farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha PQ–300-sonli qarori qabul qilindi.
 
Farmonga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsaddan iborat.
 
Unga ko‘ra:
 
har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
 
barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
 
suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
 
qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
 
“xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
 
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan:
 
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yiladi;
 
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan ta’minlanib, kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;
 
banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun qiymati 20 milliard so‘mgacha kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasi asosiy stavkadan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
 
2023/2024 o‘quv yilidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 10-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi. Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

Bu ham qiziq

Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Ozarbayjon matbuoti Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

Rossiya va Ozarbayjon bir-birini agressivlikda ayblamoqda
19:39 / 02.08.2025
Xivada bog‘cha rahbari bolaga zo‘ravonlik qildi

Xivada bog‘cha rahbari bolaga zo‘ravonlik qildi

Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:31 / 02.08.2025
Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Surxondaryodagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Hozirda yong‘indan tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
09:27 / 04.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar mehnatga majburlanmoqdami?

Andijonda o‘qituvchilar mehnatga majburlanmoqdami?

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirib, vaziyat o‘rganilayotgan…
09:32 / 03.08.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

Tashrif davomida Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan
19:48 / 03.08.2025
4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-avgust kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:21 / 03.08.2025
3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi
21:26 / 02.08.2025
Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

Slovakiyaning eng mashhur nashrlaridan biri O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun qulay makon deya ta’rifladi

“2017-yildan beri 120 milliard dollarlik sarmoya jalb qilindi” – deyiladi maqolada
22:16 / 03.08.2025
“Uzbekistan Airways” va Xitoy aviakompaniyasi o‘rtasida o‘rtasida memorandum imzolandi

“Uzbekistan Airways” va Xitoy aviakompaniyasi o‘rtasida o‘rtasida memorandum imzolandi

Kelajakda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi
20:42 / 02.08.2025
Ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

Ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

Hukumatning 2-avgustdan kuchga kirgan “Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarg…
14:30 / 03.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!