Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar orqali vokzallardagi temiryo‘l kassalarida katta navbatlar yuzaga kelgani va bu esa temiryo‘l kassalarida chipta sotuvida ayrim noqulayliklar keltirib chiqarayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi shu sababdan talabalar va ularning yaqinlariga murojaat qildi.
Ta’kidlash joizki, temiryo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham, 11-yanvargacha bo‘lgan davrga xarid qilingan avia va temiryo‘l chiptalarini bepul tarzda almashtirib berish muddati ham 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirildi.
“Shunday ekan, aziz talabalar, hurmatli ota-onalar 24-yanvarga qadar zaxirangizda qariyb 17 kun bor”,- deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan tashqari, barcha talabalarning 11-yanvargacha bo‘lgan davrga xarid qilingan temiryo‘l chiptalari to‘liq bepul tarzda almashtirib berilishi ma’lum qilindi. Ehtiyojdan kelib chiqib, qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar qatnovi ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, talabalar chiptalarni joylardagi (shahar, tuman) temiryo‘l kassalaridan ham almashtirish imkoniga ega hisoblanadi.
Xabarda keltirilishicha, vaziyatni hisobga olgan holda, talabalardan chipta kassalarida uzoq navbatlarda turib, vaqtlarini behudaga sarflamasliklari so‘ralmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!