$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasi sotildi

12:40 / 18.01.2022

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat tashkilotlarini xususiylashtirish jarayoni natijasi to‘g‘risida axborot berdi. 

Unga ko‘ra, “Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi bo‘yicha savdolarda “Premium Prime Service” MChJ 125 mlrd. so‘m xarid qiymatini bir yo‘la to‘lash hamda ta’mirlash-tiklash ishlari uchun 100 mlrd. so‘m miqdorida investitsiya kiritish va 250 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan sotilgan.

Shuningdek, Davlat tender komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq quyidagi davlat ko‘chmas mulk obyektlarining ommaviy savdo jarayonlari g‘oliblari belgilangan.

– “Poytaxt biznes majmuasi” MChJ mulkiy majmuasi bo‘yicha savdolarda “Quadro IH DMCC” (BAA) kompaniyasi 164 mlrd. so‘m xarid qiymatini bir yo‘la to‘lash hamda ta’mirlash-tiklash ishlari uchun 6 mln. AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritish sharti bilan;

– “Beldersoy oromgohi” dam olish maskani (Kanat yo‘li bilan birga) bo‘yicha savdolarda “Ulkan Mulk” MChJ 107 mlrd. so‘m xarid qiymatini bir yo‘la to‘lash sharti bilan savdo g‘olibi deb topilgan.

Agentlikning ta’kidlashicha, Prezidentning 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoni talablariga ko‘ra, “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi hududida amalga oshiriladigan loyihalar Direksiya bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Shuningdek, daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya qilinadi.


Bu ham qiziq

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026
Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

“Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–48-son, 30.03.2026-yil) qabul qilindi.
17:07 / 31.03.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:41 / 30.03.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston R…
09:23 / 01.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!