Taniqli prodyuser Ahad Qayum oʻziga haykal qoʻymoqchi ekanligini maʼlum qildi. Ijodkorning aytishicha, bu masalada “Oʻzbekturizm” bilan maslahatlashishga ham ulgurgan.
“2022 yilda oʻzimning haykalimni yasattirmoqchiman va uni shaharning chiroyli joylaridan biriga joylashtirib qoʻymoqchiman”, dedi prodyuser. Boshlovchi Jahongir Xoʻjayev haykallar odatda buyuk shaxslarga qoʻyilishi haqida Ahad Qayumga savol berganida, u oʻzini buyuk shaxs deb hisoblashi haqida aytgan.
Prodyuserning maʼlum qilishicha, haykalni yasattirish 200 million soʻmga tushmoqda. Haykal temirdan yasaladi, uni tayyorlash bilan bir nechta mamlakatdan kelgan haykaltaroshlar shugʻullanishadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!