Jumladan, davlat rahbari tumandagi “Real Teks Tashkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi va shu yerda Toshkent shahri va tumanlar hokimlari, sektor rahbarlari, mahalla raislari ishtirokida yig‘ilish bo‘ldi.
Yig‘ilishda yangi tizim asosida mahallalarda tuman hokimi yordamchisi hamda Toshkent shahar hokimining yordamchisi - yoshlar yetakchisi lavozimlarini joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
– Dunyoda bunday tajriba ham, kitob ham yo‘q. Buning uchun avvalo fidoyi bo‘lish, xalqni sevish kerak. Bu ikki lavozimda ishlaydiganlar mahallada islohotlar poydevori bo‘ladi.
Ular tadbirkorlikni rivojlantirish, ishsizlikni kamaytirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradi. Bu juda katta mas’uliyat va sharaf, – dedi Prezident.
Shayxontohur tumani bo‘yicha yangi tayinlangan hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari so‘zga chiqib, mahallalardagi muammolarni, ularni hal etish borasidagi takliflarini aytdi. Davlat rahbari ularni qo‘llab-quvvatlab, mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!