$
12017.70 UZS
15.6
₽
146.39 UZS
0.37
€
13179.81 UZS
13.51
31° Kechasi 18°

“Rasmiylar bunday noxush hodisani yashirishadi” – Abdurahmon Tashanov

16:50 / 23.07.2022

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebook sahifasida joylashtirgan postida Toshkent viloyatida joylashgan “Tovoqsoy” qamoqxonasida saqlanayotgan 20-yoshli maxbus Alisher Yakubov o‘zini yuqori qavatdan tashlab o‘z joniga qasd qilgani haqida yozgan va buni qamoqxona xodimlarining muntazam qiynoqlari natijasida yuzaga kelgan deb o’ylashini ta’kidlagan. Uning fikricha, qamoqxona rasmiylari ushbu xodisa haqida bor haqiqatni ochiqlamay yashirishadi.

“20 yashar Alisher Yakubov 2020-yilning fevralida 10 yilga qamalgan. U shu yilning 25-iyunida o‘z joniga qasd qilgan, o‘zini yuqori qavatdan tashlagan.

Hozir bir ahvolda “Sangorod”da yotibdi. Shu yilning yanvarida otasi Elmurod akaga o‘zining muntazam qiynoqlarga tutilayotgani haqida xat yozgan.

“So‘nggi marta o‘g‘lim 20 yoshga to‘lgan 10-aprel kuni onasi bilan birgalikda ko‘rib kelgandik. Ertasigayoq bolamni karserga yopishibdi”, – deydi Elmurod Yakubov.

Uning aytishicha, Alisher joniga qasd qilgani haqida oradan 4 kun o‘tib, yaqinlariga xabar berishibdi. Orada mazkur hodisa bo‘yicha bir odamni ishdan bo‘shatishibdi. Surishtiruv xulosalari borasida esa hech nima deyishmayotgan ekan.

Sud hukmi bilan qamalgan bu yigitcha panjara ortiga kirganida 18 yoshda edi. Bosh miyasida bolalikdan jarohati bor ekan, “Ezgulik”ka qilgan murojaatiga qo‘shib bir dunyo tibbiy xulosalarni ham taqdim qilishgan boyaqishlar.
Talabi – qiynoqqa solgan o‘sha zo‘rovonlarga nisbatan chora ko‘rdirish ekan, advokatga qo‘li kalta ota-onaning. Koloniya ma’muriyati esa bolaning o‘zini irodasizlikda ayblamoqda.

Ko‘rinadiki, irodasiz bo‘lsangiz, qamoqqa tushmang. Aks holda, siz uchun hech kim javob bermaydi. Rasmiylar bunday noxush hodisani yashirishadi, go‘yo hamma yoq chaman, gullab ketgan, yashnab ketgan.

Bilamizki, inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz konstitusiyaviy islohotlar bilan band. Unda qiynoqqa qarshi milliy preventiv mexanizmlar guruhi qani? Ombudsman qayerda?

Biz yangi qomusimiz loyihasini inson huquqlariga oid go‘zal normalar bilan to‘ldirayotgan pallada irodasizlar joniga qasd qilib o‘tiribdi. Ertaga soha mulozimlari bu masala bo‘yicha jimjimador bayonot qilishsa kerak. Hartugul, bunga ko‘nikib qoldik.

Irodangizni mustahkamlang! Zo‘rovonlik qarshisida dovdirab qolmang, aksincha biz ham bu negativ holatlarni yozaverishdan zerikib qolamiz.

Darvoqe, o‘g‘limga zulm qilayotganlarning buyurtmachilari tashqarida", deydi alamzada ota.

“Bunaqa demang-yey, ishlam kallamay qoladi, bizning qamoqlarimiz eng mustahkam qo‘rg‘on” dedim faxrlanib”, – deb yozadi O‘zbekiston inson huquqlari faoli “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebook sahifasida.


Bu ham qiziq

Mast holda takroran avtomobil boşqarganlar 2 yilgaça qamalişi mumkin

Mast holda takroran avtomobil boşqarganlar 2 yilgaça qamalişi mumkin

Oliy Majlis Senatining 28-noyabr kuni bölib ötgan 21-yalpi majlisida yöl harakati xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan qonun…
16:06 / 28.11.2026
Foydalanişga topşirilmagan uylarga aholini köçirgan mas’ullar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Foydalanişga topşirilmagan uylarga aholini köçirgan mas’ullar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Özbekistonda qurilişi tugallanmagan yoki belgilangan tartibda foydalanişga topşirilmagan köp kvartirali uylarga fuqarolarnin…
08:37 / 29.11.2026
Namanganda 2 kg.dan ortiq gaşiş savdosiga çek qöyildi

Namanganda 2 kg.dan ortiq gaşiş savdosiga çek qöyildi

“Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligi xodimlari to…
15:03 / 27.11.2026
Özbekistonda noqonuniy işlagan çet el fuqarolariga 4,4 mln söm jarima solinadi

Özbekistonda noqonuniy işlagan çet el fuqarolariga 4,4 mln söm jarima solinadi

Özbekistonda mehnat faoliyatini amalga oşiriş tartibini buzgan çet el fuqarolariga nisbatan 4,4 million söm miqdorida jarima…
10:09 / 29.11.2026
29-NOYABR TARIX IZLARIDA

29-NOYABR TARIX IZLARIDA

Tarixda bugun
08:47 / 29.11.2026
Toşkent metropoliteniga 28 ta beş vagonli poyezd olib kelinadi

Toşkent metropoliteniga 28 ta beş vagonli poyezd olib kelinadi

Bugungi kunda Toşkent şahridagi jamoat transporti yölovçilarining 46 foizi metropolitendan foydalanmoqda. Metro xizmatiga bö…
13:30 / 27.11.2026
Namanganda 3,5 mlrd sömlik elektr energiyasi öğirlandi

Namanganda 3,5 mlrd sömlik elektr energiyasi öğirlandi

Namangan şahrida ötkazilgan nazorat tadbirida elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holati aniqlandi.
15:48 / 27.11.2026
ÖzLiDePning navbatdagi Kongressida 1 500 nafar delegat iştirok etadi

ÖzLiDePning navbatdagi Kongressida 1 500 nafar delegat iştirok etadi

Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik işl…
10:18 / 28.11.2026
Buxoro şahriga Xitoydan yana 25 ta avtobus olib kelindi

Buxoro şahriga Xitoydan yana 25 ta avtobus olib kelindi

Buxoro jamoat transporti parki Xitoydan olib kelingan 25 ta Zhongtong avtobuslari bilan töldirildi. Uşbu avtobuslar yölovçi …
09:58 / 27.11.2026
DXX generali Ğayratulla Yoziyev 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

DXX generali Ğayratulla Yoziyev 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq yuqori martabali xodimlari iştirokidagi jinoyat işi böyiça sud hukmi e’lon qilindi. DXX …
12:44 / 28.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!