Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.
Partiya tomonidan tarqatilgan ma’lumotga köra, Kongress kun tartibida yangi Siyosiy dastur loyihasini muhokama qiliş, partiyaning mafkuraviy qaraşlarini yangilaş hamda taşkiliy tuzilmasini takomillaştiriş masalalari örin olgan.
Qayd etilişiça, yangi Siyosiy dasturda partiya elektorati manfaatlarini kengroq ifodalaşga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, tadbirkorlar, ziyolilar, ta’lim va tibbiyot xodimlari, madaniyat va sport sohasi vakillari, ommaviy axborot vositalari, IT va fintex sohasi vakillari, yoşlar hamda xotin-qizlar manfaatlarini qamrab oliş masalalari muhokama qilinmoqda.
4-dekabr kuni 1 500 nafar delegat iştirokida ötkazilişi rejalaştirilgan Kongressda uçta asosiy masala körib çiqiladi:
– Partiyaning yangi Siyosiy dasturi loyihasini muhokama qiliş;
– Mafkuraviy qaraşlarni yangilaş va partiya faoliyatini Yangi Özbekiston talablariga muvofiqlaştiriş;
– Taşkiliy tuzilmani ilğor xalqaro tajriba asosida qayta körib çiqiş.
Kongress yakunlari partiyaning kelgusi faoliyat yönalişlari, mafkuraviy ustuvorliklari hamda jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini ifodalaş borasidagi vazifalarini belgilaşga qaratilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!