Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq yuqori martabali xodimlari iştirokidagi jinoyat işi böyiça sud hukmi e’lon qilindi. DXX raisining sobiq örinbosari, general-leytenant Ğayratullo Yoziyev 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Bu haqda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov xabar berdi.
Uning ma’lumotiga köra, Yoziyevga Jinoyat kodeksining tovlamaçilik, qonunga xilof ravişda uşlab turiş yoki hibsga oliş hamda hokimiyat vakolatini suiiste’mol qiliş bilan boğliq moddalari böyiça ayblovlar qöyilgan.
Sud qaroriga köra, mazkur işda boşqa sobiq DXX xodimlariga ham qamoq jazolari tayinlangan. Xususan, Alijon Aşurov va Muzaffar Nurboyev 17 yildan, Temur Şorisqiyev va Gançar Uzoqov 16 yil 6 oydan ozodlikdan mahrum etilgan.
Şuningdek, Suhrob Sayfiddinov 16 yilga, O. Abdullayev esa 15 yilga qamalgan. Iş böyiça yana tört nafar şaxsga ozodlikni çeklaş, jarima va axloq tuzatiş işlari jazolari tayinlangan.
Taşanovning bildirişiça, mazkur jinoyat işi Boş prokuraturaning Korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan tergov qilingan. Sudlanuvçilar joriy yilning bahorida hibsga olingan.
Bundan taşqari, sudlanganlarning ayrimlari — Aşurov, Sayfiddinov, Uzoqov va Şorisqiyev 90 million dollar bilan boğliq Koreya işi doirasida ham javobgarlikka tortilgan. Uşbu iş böyiça 17-sentabr kuni Bektemir tumani sudi tomonidan ularga uzoq muddatli qamoq jazolari tayinlangan.
Protsessual qonunçilikka muvofiq, avvalgi va yangi hukmlar böyiça tayinlangan jazolarni qöşiş masalasi körib çiqilişi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!