Bugungi kunda Toşkent şahridagi jamoat transporti yölovçilarining 46 foizi metropolitendan foydalanmoqda. Metro xizmatiga bölgan talab ortib, kunlik yölovçilar soni 25 foizga köpaygan.
Yil yakuniga qadar metropolitenda kuniga 1,3 million nafar yölovçi taşilişi kutilmoqda.
Şu bilan birga, yölovçilar oqimining ortişi ayrim bekatlarda tirbandlik va poyezdlarga çiqişda navbatlar yuzaga kelişiga sabab bölmoqda.
Uşbu muammoni bartaraf etiş va yölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida metropolitenning harakat tarkibini yangilaş işlari davom ettiriladi. Rejaga köra, keyingi ikki yil davomida 28 ta beş vagonli poyezd olib kelinadi.
Bundan taşqari, hozirda foydalanilayotgan 40 ta tört vagonli poyezd beş vagonli tizimga ötkaziladi.
Bu haqda prezidentning investorlar va tadbirkorlar bilan oçiq muloqoti davomida ma’lum qilindi. Uçraşuvda davlat rahbari tadbirkorlarning fikr-mulohazalari va takliflarini ham tingladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!