Toshkent shahar xalq deputatlari kengashi tomonidan joriy yilning 24-oktyabr kuni “Toshkent shahridagi banklar tomonidan ajratilgan kreditlar qaytimi hamda mavjud muamoli kredit qarzdorliklarini undirish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Banklar tomonidan ajratilgan 4,7 trln so‘m va bosh banklarning 7,2 trln so‘m muammoli kreditlari mavjud. Bundan tashqari, joriy yil yakuniga qadar 19,1 trln so‘m va 2024-yilda 87 trln so‘m kreditlar so‘ndirilishi zarur.
Qarzlarni to‘liq va o‘z vaqtida undirish uchun shahar kengashi qarori bilan 12 kishilik ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruhning har bir a’zosi, o‘z navbatida, har bir tumanda muammoli kreditlar so‘ndirilishiga mas’ul bo‘ladi. Har bir qarzdor bilan shaxsan ishlaydi. Kerak bo‘lsa, prokuraturaga murojaat qilish ham topshirilgan.
Shuningdek, tuman hokimliklari ham qarorga ko‘ra muammoli kreditlarni qaytarish bo‘yicha o‘z ishchi guruhlarini tuzishi kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!