$
12509.83 UZS
-79.52
156.55 UZS
-1.09
14520.16 UZS
-136.36
35° Kechasi 21°

O‘zbekistonning uch viloyatida yirik ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari quriladi

15:00 / 12.01.2022

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatovning ma’lum qilishicha, 2021-yilda Telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida 50 ming kilometr optik-tolali aloqa liniyalari qurilib, ularning umumiy uzunligi 118 ming kilometrga yetkazilgan. Buning natijasida aholi maskanlarining 67 foiziga internet tarmog‘i kirib borgan.

Ta’kidlanishicha, optik tarmoqni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar kelgusi yillarda ham mana shunday jadal sur’atlarda davom ettirilishi belgilangan.
“Aholiga yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko‘rsatish qurilmalarining umumiy sig‘imi 3,6 mln.ga yetkazilgan. Bugungi kunda xalqaro internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik imkoniyatini 1 800 Gigabit/sekundni tashkil etib, 2022-yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichni 3 200 Gigabit/sekundgacha kengaytirilishi rejalashtirilgan”, deydi Sherzod Ahmatov.

Shuningdek, 2021-yilda ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat va tuman markazlari darajasida 1,5 barobarga oshgan. Operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42,9 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 30,0 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Bugungi kunga kelib 95 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab olingan, 54 foiz uy xo‘jaliklariga yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoni yaratilgan.
“Mobil aloqa xizmatlarini rivojlantirish maqsadida mobil internet tezligi 1,5 barobar oshirildi va 2021-yilda 14 150 ta qo‘shimcha tayanch stansiyalari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 45 890 taga yetkazildi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, bugungi kunda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 27,2 milliondan oshgan, shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 25,3 million kishini tashkil etmoqda”, deya so‘zini davom ettirdi AKT vazirlik vakili.
Ta’kidlanishicha, Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida yirik ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari quriladi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonga olib kiriladigan telekommunikatsiya uskunalari va qurilmalarini, noutbuklarni bojxona to‘lovlaridan ozod etish, jalb qilinadigan chet el kreditlari bo‘yicha Davlat kafolatini berish choralari ko‘rilishi rejalashtirilgan.
Xususan, Shavkat Mirziyoyev tomonidan ushbu yo‘nalishga qaratilayotgan e’tibor tufayli raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun bir qator imkoniyatlar yaratiladi.

Shunga ko‘ra,telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning quyidagi asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilangan. Jumladan:

- xalqaro ma’lumotlar uzatish kanalining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 3,5 marotaba oshiriladi;
- 150 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilish hisobiga ma’lumotlar uzatish tarmog‘i kengaytiriladi;
- xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini mobil aloqa tarmoqlari bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlash;
- optik tolali aloqa liniyalari barcha aholi punktlariga yetkazilib, uy xo‘jaliklarining kamida 80 foizi Internetga keng polosali simli ulanish imkoniyati bilan ta’minlanadi.
Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari 2022-yil 1-yanvardan boshlab Internet jahon axborot tarmog‘iga keng polosali ulanish tarmoqlarini loyihalash va qurishda quyidagilar nazarda tutiladigan bo‘ldi:
- ma’muriy binolar va ko‘p kvartirali uylarni kamida 1 Gigabit/sekund o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan;
- ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa davlat tashkilotlarini kamida 100 Megabit/s o‘tkazuvchanlik qobilyati bilan ta’minlash.


Bu ham qiziq

Mirziyoyev va Narendra Modi telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev va Narendra Modi telefon orqali muloqot qildi

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Bosh vazir va do‘st Hindiston xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – mamlakat Mu…
17:32 / 12.08.2025
2028-yil 1-yanvargacha aralash mato va gazlama bojxona bojidan ozod etiladi

2028-yil 1-yanvargacha aralash mato va gazlama bojxona bojidan ozod etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida to‘qimachilik sohasida eksport imkoniyatlari va zaxiralarni ishga solish masalalari yuzasidan …
15:11 / 13.08.2025
Farg‘onada qalbaki pul muomalasi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

Farg‘onada qalbaki pul muomalasi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

U 50, 100, 200 ming so‘mlik va 100 AQSh dollarlik kupyuralarni qalbakilashtirgan.
09:24 / 13.08.2025
Oq uyda UFC turniri o‘tkaziladi

Oq uyda UFC turniri o‘tkaziladi

Buni promoushen prezidenti Dana Uayt rasman tasdiqladi.
11:00 / 13.08.2025
Buxoroda shakllantirilgan 1 mlrd 700 mln dollarlik loyihalarda 32 ming ish o‘rni yaratiladi

Buxoroda shakllantirilgan 1 mlrd 700 mln dollarlik loyihalarda 32 ming ish o‘rni yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-avgust kuni Buxoro viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi loyihalar muhokamasi yuzasid…
21:40 / 12.08.2025
Moziy 1 | Farg‘ona tarixi

Moziy 1 | Farg‘ona tarixi

Siz shu paytgacha O‘zbekistonning uzoq asrlarga borib taqaladigan tarixi haqida ma’lumotga egasiz. Ammo uning ichidagi viloy…
16:40 / 12.08.2025
Xitoy dunyodagi eng yirik kemasozlik kompaniyasini tashkil qilmoqda

Xitoy dunyodagi eng yirik kemasozlik kompaniyasini tashkil qilmoqda

The Wall Street Journal’ning xabar berishicha, Xitoyga qarashli China State Shipbuilding Corporation (CSSC) aksiyalar orqali…
15:50 / 13.08.2025
Internetda terrorchilikka oid materiallar tarqatganlar qo‘lga olindi

Internetda terrorchilikka oid materiallar tarqatganlar qo‘lga olindi

“Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida us…
15:36 / 12.08.2025
O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurmoqda?

O‘zbekistonliklar necha yoshda oila qurmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlarida respublika bo‘yicha 95…
17:47 / 13.08.2025
Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan chiqsa, yalpi ichki mahsulotining katta qismi inqirozga uchraydi

Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan chiqsa, yalpi ichki mahsulotining katta qismi inqirozga uchraydi

Tadqiqotlarga ko‘ra, Kavkaz davlatining iqtisodi bu tashkilotga salkam qaramlik holatiga kelib qolgan
20:33 / 13.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!