Unian nashrining ma’lum qilishicha, josuslik dasturi allaqachon 100 dan ortiq mamlakatda aniqlangan.
Firibgarlar xabarlar, mikrofon va iPhone kamerasiga egasi bilmagan holda yashirincha kirishlari mumkin.
Agar rasmiy ogohlantirish olingan bo‘lsa, kompaniya iOS 18.4.1 versiyasiga zudlik bilan yangilashni va Lokdaun rejimini yoqishni maslahat beradi.
Lockdown Mode — bu iPhone’ni ilg‘or xakerlik hujumlaridan himoya qilishning maxsus rejimi bo‘lib, funksiyalarga kirishni cheklaydi va ma’lumotlar xavfsizligini oshiradi.
Apple xabar matnida ta’kidlashicha, NSO Group kompaniyasining Pegasus hujumlari singari josuslik dasturlari hujumlari juda kam uchraydi va oddiy kiberjinoyatchilar faoliyati yoki an’anaviy zararli dasturlarga qaraganda ancha murakkab hisoblanadi.
Bu hujumlar millionlab dollarga tushadi va juda oz sonli shaxslarga qarshi alohida tarzda amalga oshiriladi, biroq ulardan foydalanish doimiy bo‘lib, butun dunyoni qamrab olgan.
Bunday xabarga duch kelgan yana bir taniqli shaxs italiyalik jurnalist Chiro Pellegrino bo‘lib, u Apple’ning butun dunyo bo‘ylab shunday hujumlar qurbonlari haqida xabar berganini tasdiqladi.
Apple xabarnoma olgan barcha foydalanuvchilarga mikrodastur versiyasini yangilashni va imkon qadar tezroq o‘z iPhone’larida tarmoq funksiyalarining katta qismini o‘chirib qo‘yadigan blokirovka rejimini yoqishni taklif qiladi. U siyosatchilar va fuqarolik faollariga kiberhujumlarning oldini olish uchun maxsus yaratilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!