Andijon viloyatida elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berishini va’da qilgan ETK elektromontyori ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon shahar “Bobur” ETK elektromontyori N.M. fuqaro M.Z.ning xonadonida elektr energiyasidan 7,8 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib berishi evaziga 4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!