$
12618.63 UZS
-49.51
160.83 UZS
-0.32
14516.47 UZS
-124.1
36° Kechasi 23°

Qozog‘istonda Mirziyoyev va Szinpin muzokaralari bo‘lib o‘tdi

14:19 / 17.06.2025

Bugun, 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan. Davlat rahbarlari keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etgan.

“O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda.

Barcha darajalarda aloqalar va almashinuvlar sezilarli faollashgani qayd etildi.

Tashqi ishlar vazirlarining strategik muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Joriy yil iyun oyi boshida Samarqand shahrida ikkinchi Hududlar forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, savdo-iqtisodiy va moliyaviy-investitsion hamkorlik jadal rivojlanmoqda. 2024-yilda tovar ayirboshlash 14 mlrd dollarga yetgan. Investitsiya loyihalari portfeli 60 mlrd dollardan ziyodni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston hududlarida qo‘shma texnoparklar va maxsus industrial zonalar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. “Yashil” energetika, neft-gaz, kimyo, farmatsevtika, metallurgiya, tog‘-kon, to‘qimachilik, oziq-ovqat va qurilish tarmoqlarida hamda logistika, “aqlli” qishloq xo‘jaligi, sun’iy intellekt va raqamlashtirish sohalarida istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda.

“Xitoyning yetakchi moliya institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. “Ipak yo‘li” jamg‘armasi bilan investitsiya platformasini kengaytirish rejalashtirilgan. Xitoy Eksimbanki ishtirokida poytaxtimizda Olimpiya shaharchasi qurilishi yakunlanmoqda. Toshkent shahrida ushbu bankning mintaqaviy filiali ochildi”, – deyiladi xabarda.

Shuningdek, kambag‘allikka qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yetakchilar “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” strategik temiryo‘li qurilishini jadallashtirish muhimligini ham qayd etgan.

Ta’lim, fan, turizm va madaniyat, kadrlar tayyorlash va xitoy tilini o‘rganish sohalaridagi almashinuvlarni rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirildi. O‘zbekistonda Xitoyning Shimoli-g‘arbiy qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi universitetining filiali faoliyat ko‘rsatmoqda, Urganch universiteti negizida Pekin universiteti bilan hamkorlikda Xalqaro matematika markazi tashkil etilgan. O‘tgan yili Konfutsiy instituti faoliyatining 20 yilligi nishonlandi, Xitoyning “Lu Ban ustaxonasi” professional ta’lim tizimi joriy etilmoqda.

Kelgusi yilda ikki mamlakatda madaniyat va san’at haftaliklarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi. BMT, ShHT, “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi muvofiqlashuv va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Yakunda yetakchilar huzurida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani to‘g‘risida bayonnoma imzolangani e’lon qilindi.


O‘zbekiston


														
														Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifini “Alp texno servis” korxonasi bilan tanishuvdan boshladi

Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifini “Alp texno servis” korxonasi bilan tanishuvdan boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-iyun kuni Qashqadaryo viloyatiga bordi.
11:48 / 19.06.2025

														
														Turkiyada qidiruvda bo‘lgan shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiyada qidiruvda bo‘lgan shaxs O‘zbekistonga qaytarildi

U odam savdosi jinoyati bilan qidiruvda bo‘lgan.
10:15 / 19.06.2025

														
														Nukusda yuzdan ortiq o‘qituvchidan 1500 dollardan olgan direktor o‘rinbosari ushlandi

Nukusda yuzdan ortiq o‘qituvchidan 1500 dollardan olgan direktor o‘rinbosari ushlandi

U o‘qituvchilarga davlat attestatsiyasidan o‘tkazib berishni va’da qilgan.
09:44 / 19.06.2025

														
														Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi

Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-iyun kuni “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishini ko‘zdan kechirdi.
17:04 / 18.06.2025

														
														Yuridik universitet huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

Yuridik universitet huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

Hukumat qarori bilan “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yur…
16:19 / 18.06.2025

														
														Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
15:26 / 18.06.2025

														
														19-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

19-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
14:10 / 18.06.2025

														
														Surxondaryo viloyati Boysun tumanida o‘rmon yong‘ini yuz berdi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida o‘rmon yong‘ini yuz berdi

Kecha, 17-iyun kuni soat 17:45 da Surxondaryo viloyati FVBga Boysun tumani Kengdala o‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga qarashli arch…
13:55 / 18.06.2025

														
														Samarqanddagi YTHda 39 yoshli sudya halok bo‘ldi

Samarqanddagi YTHda 39 yoshli sudya halok bo‘ldi

Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi raisi Temur Rustamov avtohalokatda vafot etdi.
12:49 / 18.06.2025

														
														O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi o‘zbekistonliklarga mamlakatni tark etish yo‘llari bo‘yicha ma’lumot berdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi o‘zbekistonliklarga mamlakatni tark etish yo‘llari bo‘yicha ma’lumot berdi

Hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari q…
11:08 / 18.06.2025

Bu ham qiziq

17-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17—19-iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati ku…
17:51 / 16.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi

Agentlik ma’lumot berishicha, 2024-yil yakunlariga ko‘ra Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,1…
11:29 / 17.06.2025
O‘zbekiston TIV Eron va Isroil hududida bo‘lib turgan fuqarolarni ogohlantirdi

O‘zbekiston TIV Eron va Isroil hududida bo‘lib turgan fuqarolarni ogohlantirdi

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi holatni doimiy ravishda monitoring qilishi va zaruratga qarab qo‘shimcha axborot berilis…
09:50 / 17.06.2025
Tramp Isroilga Oyatulloh Xominaiyning o‘ldirilishi bo‘yicha taqiq qo‘ymagan

Tramp Isroilga Oyatulloh Xominaiyning o‘ldirilishi bo‘yicha taqiq qo‘ymagan

Netanyaxu shu haqidagi xabarlarni “yolg‘on” deb atadi.
12:19 / 16.06.2025
Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
15:26 / 18.06.2025
Sobiq deputat Qobul Dusov 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

Sobiq deputat Qobul Dusov 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Q. Dusovga (1984-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sud…
17:04 / 16.06.2025
Nukusda yuzdan ortiq o‘qituvchidan 1500 dollardan olgan direktor o‘rinbosari ushlandi

Nukusda yuzdan ortiq o‘qituvchidan 1500 dollardan olgan direktor o‘rinbosari ushlandi

U o‘qituvchilarga davlat attestatsiyasidan o‘tkazib berishni va’da qilgan.
09:44 / 19.06.2025
Yuridik universitet huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

Yuridik universitet huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

Hukumat qarori bilan “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yur…
16:19 / 18.06.2025
O‘zbekiston TIV Isroil va Eron o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar yuzasidan fuqarolariga murojaat qildi

O‘zbekiston TIV Isroil va Eron o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar yuzasidan fuqarolariga murojaat qildi

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi aholini turli provokatsiyalarga uchmaslikka va bosiq munosabatni saqlab qolishga chaqirg…
15:44 / 17.06.2025
Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifini “Alp texno servis” korxonasi bilan tanishuvdan boshladi

Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifini “Alp texno servis” korxonasi bilan tanishuvdan boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-iyun kuni Qashqadaryo viloyatiga bordi.
11:48 / 19.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!