$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

Toshkentda “Avtomobil ehtiyot qismlari” bozoridagi jinoiy guruh a’zolari ushlandi

14:37 / 09.07.2025

Toshkent shahridagi kriminogen vaziyatni sog‘lomlashtirish hamda jinoyatchilikka barham berish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida Uchtepa tumanining Farhod ko‘chasida joylashgan “Avtomobil ehtiyot qismlari” bozorida 12 nafar shaxsdan tashkil topgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Jumladan, jinoiy guruh a’zolari mijozning avtotransport vositasiga uning ruxsatisiz va oldindan kelishmagan holda turli jihozlar o‘rnatib, texnik xizmat ko‘rsatishgan. Shundan so‘ng, ushbu xizmat bozor narxida 600 AQSh dollari bo‘lishiga qaramasdan, fuqarodan 13300 AQSh dollarini tovlamachilik yo‘li bilan undirishgan.

Ular o‘z haqqini talab qilgan mijozga zo‘ravonlar qo‘rqitish yo‘li bilan tahdid qilishgan.

Yana shunga o‘xshash holatda esa jinoiy guruh a’zolari boshqa bir fuqaroning avtomashinasiga uning roziligisiz turli ehtiyot qismlarni o‘rnatib, undan 3 barobar qimmat narxda pul talab qilishadi. Aniqlanishicha, ular avtomashina kalitini fuqarodan olib qo‘yib, tazyiq o‘tkazish orqali undan 15 mln so‘m undirishgan.

Bundan tashqari, qonunbuzarlar yana 2 nafar fuqaroning avtomashinasini qo‘shimcha ehtiyot qismlar bilan jihozlash uchun ulardan jami 70 mln so‘m miqdorida pul olib, va’da qilingan ishni bajarishmagan.

Ta’kidlash joizki, jinoiy guruh a’zolarining ko‘pchiligi 1988-2002 yillar oralig‘ida Toshkent shahri, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tug‘ilgan bo‘lib, ularning aksariyati muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165- (tovlamachilik) va 168- (firibgarlik) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov doirasida guruh a’zolarining boshqa jinoiy harakatlariga va ulardan jabr ko‘rgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston


														
														Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Mazkur markadagi benzin narxi qariyb 44% ga qimmatlagan
22:53 / 16.07.2025

														
														17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025

														
														O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

Mazkur tadbir Osiyo sporti uchun muhim ahamiyatga ega
20:33 / 16.07.2025

														
														O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

Hamyurtlarimiz eng ko‘p sayohatni qaysi davlatga amalga oshirgan?
19:55 / 16.07.2025

														
														Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in 15:35 da bartaraf etilgan.
16:11 / 16.07.2025

														
														Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida issiqlik sababli bog‘chalar yopildi

2025-yilning 16-17-18-iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani ma’lum qilindi.
16:07 / 16.07.2025

														
														O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025

														
														Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025

														
														Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025

														
														Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025

Bu ham qiziq

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Bu safargi cheklovlar asosan neft va neft mahsulotlariga nisbatan bo‘ladi
22:08 / 16.07.2025
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Sergey Lavrov Si Szinpin bilan uchrashuvda shunga erishilganini ma’lum qildi
19:23 / 15.07.2025
Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Qashqadaryodagi “zapravka”da yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in 15:35 da bartaraf etilgan.
16:11 / 16.07.2025
Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025
16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
22:15 / 15.07.2025
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025
ShHTning navbatdagi sammiti Xitoyda bo‘lib o‘tadi

ShHTning navbatdagi sammiti Xitoyda bo‘lib o‘tadi

Xitoy 31-avgustdan 1-sentyabrga qadar Tyanjin shahrida ShHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti) sammitiga mezbonlik qiladi. Bu ha…
14:52 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!