$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

10:22 / 16.07.2025

“Noviye lyudi” partiyasi deputatlari taklifiga ko‘ra, mehnat muhojirlari rasmiy maoshidan ortiq mablag‘ni xorijga o‘tkazmasligi kerak. Tashabbus mualliflari Aleksey Nechayev, Sardana Avksentieva va Vladimir Plyakinning fikricha, bunday taqiq “moliyaviy operatsiyalarning shaffofligini oshirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, soliq tushumlarini ko‘paytirish va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash” uchun zarur. Taklif Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullinaga yuborildi, deb yozadi “TASS”.

Parlament a’zolarining ta’kidlashicha, amaldagi qonunlarda pul o‘tkazmalari miqdori migrantlarning rasmiy maoshlariga mos kelishini nazorat qilishning samarali mexanizmlari mavjud emas. Ularning fikricha, bu xorij fuqarolariga noqonuniy daromadlarini yashirish, soliqlardan qochish va Rossiyadan pul olib chiqish imkonini beradi. Deputatlar xorijga ruxsat etilgan miqdordan ortiq pul o‘tkazmoqchi bo‘lgan migrantlardan olingan daromadning qonuniyligini tasdiqlovchi deklaratsiya taqdim etish majburiyatini yuklashni taklif qilmoqda.

O‘z navbatida, banklar shubhali operatsiyalarni aniqlash va oldini olish uchun chet elliklarning moliyaviy operatsiyalarini tekshirishni kuchaytirishi kerak, deyiladi xatda.

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda. Qonun loyihasiga ko‘ra, patent berish hamda ishlash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun 4,2 ming rubl, ushbu hujjatlarning dublikati yoki ularga o‘zgartirish kiritish uchun esa 2,1 ming rubl miqdorida to‘lov belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, boshqa majburiy to‘lovlarni joriy etish yoki ularni oshirish, jumladan, yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish va Rossiyada bo‘lish muddatini uzaytirish tartiblarini kuchaytirish taklif qilinmoqda.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil oxirida Rossiyada 6,3 million chet el fuqarosi bo‘lgan. Ularning aksariyati kadrlar yetishmayotgan sohalarda faoliyat yuritadi. Jumladan, 765 mingdan ortiq muhojir qurilishda, 318 ming nafari savdo va transportni ta’mirlash sohasida, 274 ming nafari esa ishlab chiqarish korxonalarida ishlaydi, deyiladi Ichki ishlar vazirligi xabarida.



														
														Mars sayyorasining bir bo‘lagi auksionda qimmatbaho summaga sotildi

Mars sayyorasining bir bo‘lagi auksionda qimmatbaho summaga sotildi

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan auksionda xaridor “Qizil sayyora”ning bir bo‘lagini qimmat narxga sotib oldi
18:56 / 17.07.2025

														
														Iroqdagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 50 yaqin kishi halok bo‘ldi

Iroqdagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 50 yaqin kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda yong‘in qurbonlari uchun uch kunlik motam e’lon qilindi.
12:46 / 17.07.2025

														
														Suriya armiyasi Suvayda shahridan chekinishni boshladi

Suriya armiyasi Suvayda shahridan chekinishni boshladi

Bu haqda Sky News Arabia xabar berdi.
10:51 / 17.07.2025

														
														Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Bu safargi cheklovlar asosan neft va neft mahsulotlariga nisbatan bo‘ladi
22:08 / 16.07.2025

														
														Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Ikki mamlakat ham o‘zining harbiy xarajatlari muhimroq deb hisoblaydi
21:35 / 16.07.2025

														
														Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qozog‘iston Rossiya olmosining asosiy xaridorlaridan biriga aylandi

Qo‘shnilarimiz qimmatbaho toshning ancha qismini ruslardan olmoqda
18:56 / 16.07.2025

														
														Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallasning so‘zlariga ko‘ra, gruzinlar hukumati ma’lum shartlarni bajarishi lozim
18:37 / 16.07.2025

														
														ShHTning navbatdagi sammiti Xitoyda bo‘lib o‘tadi

ShHTning navbatdagi sammiti Xitoyda bo‘lib o‘tadi

Xitoy 31-avgustdan 1-sentyabrga qadar Tyanjin shahrida ShHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti) sammitiga mezbonlik qiladi. Bu ha…
14:52 / 16.07.2025

														
														Isroil Suriya janubiga zarba berdi

Isroil Suriya janubiga zarba berdi

BBC xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Suriyaning, asosan, druzlar istiqomat qiladigan hududlarida badaviy qabilalar hamda mah…
12:58 / 16.07.2025

														
														Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025

Bu ham qiziq

Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Kolumbiya prezidenti: “NATO bilan ortiq hamkorlik qilmaymiz”

Siyosatchi Gaaga shahridagi xalqaro anjumanda bu masalaga to‘xtalib o‘tdi
20:36 / 17.07.2025
1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qila olmaydi

1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qila olmaydi

Bu bo‘yicha yangi tartib joriy qilinmoqda.
14:25 / 17.07.2025
Ozodlikka chiqqan fuqarolarga nafaqa tayinlash tartibi belgilandi

Ozodlikka chiqqan fuqarolarga nafaqa tayinlash tartibi belgilandi

Ma’lumot uchun, nafaqa miqdori BHMning 6 baravarini tashkil etadi.
16:34 / 17.07.2025
O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston kelasi yili yirik sport tadbiriga mezbonlik qiladi

Mazkur tadbir Osiyo sporti uchun muhim ahamiyatga ega
20:33 / 16.07.2025
Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

“AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman 2028-yil 14–30-iyul kunlariga belgilangan, b…
16:54 / 16.07.2025
O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

O‘zbekiston xalqaro munosabatlar uchun kerakli nuqtaga aylanmoqda

Bu haqda “Forbes” jurnalining maqolasida so‘z borgan
20:00 / 17.07.2025
Isroil Suriya janubiga zarba berdi

Isroil Suriya janubiga zarba berdi

BBC xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Suriyaning, asosan, druzlar istiqomat qiladigan hududlarida badaviy qabilalar hamda mah…
12:58 / 16.07.2025
18-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi
21:25 / 17.07.2025
Iroqdagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 50 yaqin kishi halok bo‘ldi

Iroqdagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 50 yaqin kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda yong‘in qurbonlari uchun uch kunlik motam e’lon qilindi.
12:46 / 17.07.2025
Qashqadaryoda Xitoydan olib kelingan 20 ta zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Qashqadaryoda Xitoydan olib kelingan 20 ta zamonaviy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

joriy yil yakuniga qadar viloyatga yana 66 ta yangi avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.
12:11 / 17.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!