“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan “G.T.” MChJ tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, ushbu MChJga qarashli 2 ta tekstil mahsulotlarga aksessuarlar ishlab chiqarish va matolarga gul bosish sexi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganligi ma’lum bo‘lgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 4 milliard 651 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!