O‘zbekistonda kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash 2026-yil mart oyiga belgilandi. “O‘zatom” agentligi direktori Azim Ahmadxo‘jayevning ma’lum qilishicha, bu davrda stansiyaning birinchi poydevori quyiladi. Shuningdek, “Rosatom” bilan yirikroq AES loyihasi bo‘yicha ham kelishuvga erishilgan va qisqa vaqtda amalga oshirish topshirig‘i berilgan.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatovning ta’kidlashicha, endilikda har qanday qurilishdan avval elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganiladi va shu asosda loyihalar ishlab chiqiladi.
Ma’lumotga ko‘ra, Toshkent shahridagi elektr tarmoqlarining 51 foizi, yuqori kuchlanishli transformatorlarning esa 39 foizi o‘z xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan. Shu bois 2025–2026-yillarda 1 870 kilometrdan ortiq tarmoqni yangilash va qayta qurish, 265 ta transformator punktlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Bu ishlar uchun 1,8 trln so‘m investitsiya yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!