Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘onada bir ayol o‘qituvchi o‘zini osibdi...” mazmunda tarqatilgan xabar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Mazkur xabarda, “Chet tilidan B2 sertifikati yo‘qligi uchun ishdan bo‘sha”, – deb qattiq bosim bo‘lganligi haqida so‘z yuritilgan.
O‘rganish jarayonida Farg‘ona viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mazkur holat aniqlanmaganligi va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ta’kidlangan.
“Ma’lumki, Konstitutsiyaga muvofiq, har kim axborotni izlash, olish, tadqiq qilish, uzatish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega.
Yodda tutish kerak-ki, asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatish, bu harakatlar bilan kimnidir kamsitish, obro‘yini to‘kish, sha’niga putur yetkazish, shuningdek, qasddan tashkilot yoki korxona nufuziga ziyon yetkazganlik uchun fuqarolik, ma’muriy va jinoiy shakldagi javobgarliklar o‘rnatilganini yana bir bor eslatib qo‘yamiz”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!