Fransiya Prezidenti bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
“Yevropaliklar ham Ukrainada tinchlik yechimining zaruriy qismi bo‘ladi, chunki gap bizning ham xavfsizligimiz haqida ketmoqda”, — deya qo‘shimcha qilgan Emmanuyel Makron.
Makron bugun Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan Donald Tramp va Vladimir Putinning bo‘lajak uchrashuvi rejalari haqida gaplashganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham Fransiya prezidenti hamda Yevropaning bir qator davlatlari yetakchilari bilan telefon orqali suhbatlashganligini xabar qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!