$
12439.41 UZS
-81.37
151.87 UZS
-1.83
14583.96 UZS
-50.33
31° Kechasi 18°

Qirg‘izistondan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni olib kirgan shaxslar ushlandi

10:24 / 06.09.2025

Namangan shahrida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 246 va 251-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan shaxs Qirg‘iz Respublikasidan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib kelib sotish orqali mo‘may daromad topishni reja qiladi.

Bu maqsadda u qirg‘izistonlik tanishiga aloqaga chiqib, katta partiyadagi dori vositalarini yetkazib berishini so‘raydi.

O‘z navbatida Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi 16755 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini aylanma yo‘llar orqali Kosonsoy tumaniga olib kelib, xufiya joyga qoldiradi.

Namanganlik shaxs esa ushbu dori vositalarini Kosonsoy tumanidan Namangan shahriga keltirib berishi uchun o‘zining hamshahariga 500 ming so‘m va’da qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuryer dori vositalarini xufiya joydan olib ketayotgan vaqtida ushlanib, tezkor tadbir davom ettirilgan holda buyurtmachi ham protsessual tartibda qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu 2 nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 251-1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Farg‘ona viloyatida qayd etilgan holatda esa Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘qon shahrida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan muqaddam Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan shaxs o‘zining Tracker-2 rusumli avtomashinasida “Farg‘ona–Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilgan.

Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida 11200 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘lgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu dori vositalari Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelinganligi aniqlanib, mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 1-qismi va 251-1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


O‘zbekiston


														
														Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘l 3 kunga yopiladi

Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘l 3 kunga yopiladi

Xabarga ko‘ra, Bo‘stonliq tumaniga boruvchi fuqarolar Chirchiq shahri, yoxud Qoramanas, Qo‘shqo‘rg‘on mahallalari orqali har…
09:58 / 09.09.2025

														
														Andijonda hokim o‘rinbosarlari qo‘lga olindi

Andijonda hokim o‘rinbosarlari qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquq-tartibot organlari hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida olib bo…
09:29 / 09.09.2025

														
														9-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi
22:31 / 08.09.2025

														
														Abu Ali ibn Sino nomidagi maktab tabiiy fanlar yo‘nalishida tayanch maktab sifatida xizmat qiladi

Abu Ali ibn Sino nomidagi maktab tabiiy fanlar yo‘nalishida tayanch maktab sifatida xizmat qiladi

Tayanch maktab va filiallarga qabul 7-sinfdan boshlanadi
21:43 / 08.09.2025

														
														Muhandislik maktablarida 240 nafar o‘quvchi byudjet hisobidan ta’lim oladi

Muhandislik maktablarida 240 nafar o‘quvchi byudjet hisobidan ta’lim oladi

Muhandislik maktablari STEAM modeli asosida yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlaydi
21:40 / 08.09.2025

														
														Maktabgacha ta’limda tadbirkorlarga 7-yilgacha imtiyozli kreditlar va “nol” qiymatida yer uchastkalari beriladi

Maktabgacha ta’limda tadbirkorlarga 7-yilgacha imtiyozli kreditlar va “nol” qiymatida yer uchastkalari beriladi

38 ta “qizil” hududga 1 foiz ijtimoiy va daromad solig‘i, 41 ta “sariq” hududga 5 foiz ijtimoiy va daromad solig‘i belgilana…
21:35 / 08.09.2025

														
														Buyuk Britaniyaga turistik maqsadlarda safar qilgan o‘zbekistonliklar soni oshgan

Buyuk Britaniyaga turistik maqsadlarda safar qilgan o‘zbekistonliklar soni oshgan

2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Buyuk Britaniyaga safar qi…
20:21 / 08.09.2025

														
														2026-yildan boshlab, maktablar o‘rtasida Prezident sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi o‘tkaziladi

2026-yildan boshlab, maktablar o‘rtasida Prezident sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi o‘tkaziladi

Ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi
18:59 / 08.09.2025

														
														Sud-ekspertlik faoliyati raqamlashtiriladi

Sud-ekspertlik faoliyati raqamlashtiriladi

“Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari …
17:52 / 08.09.2025

														
														AQSh 39 nafar o‘zbekistonliklarni deportatsiya qildi

AQSh 39 nafar o‘zbekistonliklarni deportatsiya qildi

7-sentyabr, yakshanba kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonga deportatsiya reysini amalga oshirib, AQShda qonuniy qolis…
15:02 / 08.09.2025

Bu ham qiziq

9-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi
22:31 / 08.09.2025
Qishloq xo‘jaligida QQSni hisoblashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi

Qishloq xo‘jaligida QQSni hisoblashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi

2026–2027 yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida rasmiy tovar aylanmasini kamida 3 baravar oshirish Farmonni qabul qilishdan ko…
23:04 / 07.09.2025
Abu Ali ibn Sino nomidagi maktab tabiiy fanlar yo‘nalishida tayanch maktab sifatida xizmat qiladi

Abu Ali ibn Sino nomidagi maktab tabiiy fanlar yo‘nalishida tayanch maktab sifatida xizmat qiladi

Tayanch maktab va filiallarga qabul 7-sinfdan boshlanadi
21:43 / 08.09.2025
Buyuk Britaniyaga turistik maqsadlarda safar qilgan o‘zbekistonliklar soni oshgan

Buyuk Britaniyaga turistik maqsadlarda safar qilgan o‘zbekistonliklar soni oshgan

2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Buyuk Britaniyaga safar qi…
20:21 / 08.09.2025
Tramp xorijiy kompaniyalarini amerikaliklarni ishga olishga chaqirdi

Tramp xorijiy kompaniyalarini amerikaliklarni ishga olishga chaqirdi

Prezident xorijiy kompaniyalarni Jorjiyadagi ICE reydidan keyin AQShning immigratsiya qonunlarini hurmat qilishga chaqirdi.
11:22 / 08.09.2025
Isroil Suriyaga havo hujumlarini boshladi

Isroil Suriyaga havo hujumlarini boshladi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari Suriyaning markaziy qismidagi Xoms viloyatiga havo hujumlarini amalga oshirg…
10:39 / 09.09.2025
XAMAS Isroil bilan muzokaralarga tayyorligini bildirdi

XAMAS Isroil bilan muzokaralarga tayyorligini bildirdi

Harakatning tegishli bayonoti AQSh prezidenti Donald Trampning “so‘nggi ogohlantirishi”dan keyin e’lon qilingan.
10:57 / 08.09.2025
Sud-ekspertlik faoliyati raqamlashtiriladi

Sud-ekspertlik faoliyati raqamlashtiriladi

“Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari …
17:52 / 08.09.2025
WhatsApp’ning sobiq xodimi Meta’ni sudga berdi

WhatsApp’ning sobiq xodimi Meta’ni sudga berdi

New York Times gazetasining yozishicha, WhatsApp’ning sobiq xavfsizlik boshlig‘i Attaullah Baig, kiberxavfsizlik bilan bog‘l…
09:34 / 09.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!