$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Quvaytdan 42 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

15:57 / 11.03.2026

“Yaqin Sharq mintaqasida yuzaga kelgan notinch vaziyat sababli O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Quvaytdagi 42 nafar yurtdoshimiz avtobus orqali Saudiya Arabistoniga o‘tkazilib, so‘ng ushbu davlatdan mamlakatimizga qaytarish chora-tadbirlari amalga oshirildi”, – deb xabar qilmoqda “Dunyo” agentligi.

16 nafar kattalar va 26 nafar voyaga yetmaganlardan iborat o‘zbekistonliklar shu yilning 9-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:50 da Quvaytdan avtobus orqali yo‘lga chiqib, 10-mart kuni soat 11:40 da Ar-Riyozdagi Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportga yetib kelgan.

Elchixona diplomatlari ularga yengillik yaratish hamda ularning Quvayt va Saudiya Arabistoni hududida erkin harakatlanishidagi ehtimoliy qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida, mazkur davlatlarning vakolatli organlariga tegishli notalar chiqargan.

Shu bilan birga, 12 soatga yaqin bo‘lgan ushbu safar davomida fuqarolarga Quvayt hamda Saudiya Arabistoni davlat chegaralaridan o‘tish jarayonlarida ko‘maklashish, ularga Ar-Riyoz aeroportida zarur tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Elchixonaning ikki nafar diplomati hamrohlik qilgan. Fuqarolarning vatanga qaytishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Migratsiya agentligi tomonidan tegishli aviachiptalar xarid qilinadi.

10-mart kuni Ar-Riyoz shahridagi Qirol Xolid xalqaro aeroportida Elchixona diplomatlari tomonidan 42 nafar fuqaroga Jidda shahriga uchish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarida zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy ko‘mak ko‘rsatilib, 9 nafar fuqaro SV1081 reysi hamda 33 nafar fuqaro SV1035 reysi bilan Jiddaga muvaffaqiyatli kuzatilgan.

Shuningdek, ushbu 42 nafar fuqarolar Jidda shahridan O‘zbekistonga qaytish aviabiletlari bilan ta’minlangan va joriy yilning 11-mart kuni Jidda – Toshkent aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytadi.

“Shu o‘rinda aytish lozimki, mintaqadagi beqaror vaziyat tufayli oila boshliqlari farzandlarining xavfsizligidan xavotirlanib, faqat oila a’zolarini O‘zbekistonga yuborishga qaror qilgan. Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan mehnat faoliyatini to‘xtatishga ruxsat berilmagani hamda bunday talab bilan murojaat qilish kelgusida fuqarolarimizning kasbiy faoliyati va huquqiy maqomiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aniqlandi. Shu sababli, ayni bosqichda faqat aksariyat ayollar va bolalardan iborat fuqarolar guruhining Vatanga qaytishi tashkil etilmoqda”, – deyiladi xabarda.

 


O‘zbekiston


														
														Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026

														
														Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026

														
														Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026

														
														PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026

														
														Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026

														
														Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026

														
														Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026

														
														Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026

														
														4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026

														
														Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026

Bu ham qiziq

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026
Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Tehron va Karaj o‘rtasidagi Eronning V1 ko‘prigiga AQSh-Isroil hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi.
09:50 / 04.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026
Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!