Davlat xavfsizlik xizmati hamda bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.
Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyatida o‘tkazilgan tadbir davomida 1993-yilda tug‘ilgan, avval ham narkojinoyat uchun sudlangan shaxs boshqaruvidagi “Lacetti” avtomobili Kogon tumani hududida to‘xtatilgan. Tekshiruv jarayonida avtomobilning havo filtri ostidan yashirilgan 993 gramm “opiy” moddasi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Surishtiruvlar davomida ushbu modda Termiz tumanida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan shaxsdan olingani aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirilgan. Natijada mazkur shaxs ham qo‘lga olinib, uning yonidan 5 kilogramm, yashash xonadonidan esa yana 7 kilogramm “opiy” moddasi topilgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!