Andijon viloyatida yer bilan bog‘liq noqonuniy holat fosh etildi. Mahalla raisi va hokim yordamchisi 30 sotix yer maydonini noqonuniy rasmiylashtirib berish evaziga katta miqdorda pul talab qilgan.
Ma’lum qilinishicha, ular yer uchun 57 ming dollar, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun esa qo‘shimcha 3 ming dollar so‘ragan. Tezkor tadbir davomida 31 ming dollarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!