Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, BAA fuqarolarining Eron, Livan va Iroqqa sayohat qilishiga taqiq e’lon qildi. Bunga “hozirgi mintaqaviy voqealar” sabab bo‘lgani aytilmoqda. Vazirlik hozirda ushbu mamlakatlarda bo‘lgan barcha BAA fuqarolarini BAAga zudlik bilan qaytishni tezlashtirishga chaqirdi. “Tashqi ishlar vazirligi BAAning chet eldagi fuqarolarining farovonligini nazorat qilish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘zi tomonidan chiqariladigan barcha ko‘rsatmalar va maslahatlarga rioya qilish muhimligini ta’kidlaydi”, – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!