Toshkent shahar Shayxontohur tumani hududidagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida Shayxontohur tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab Turkqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasidan Xurshida ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida 35 kV.li yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli, joriy yilning 13-aprel kunidan 25-aprel kuniga qadar Turkqo‘rg‘on ko‘chasining ushbu qismida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi. Harakat har ikki yo‘nalishda yo‘lning bitta tomoni orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!