Namanganda gaz balloni portlashi oqibatida 35 haftalik homilador ayol og‘ir kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi.
Ayolning aytishicha, u ovqat tayyorlayotgan paytda “plita” va gaz ballon orasida yong‘in yuz bergan. Qo‘shnilar tomonidan shoshilinch ravishda shifoxonaga yetkazilgan.
U o‘z farzandini jarrohlik amaliyotisiz dunyoga keltirgan va bola sog‘lom tug‘ilgan.
Shifokorlar ma’lum qilishicha, ayolning 70 foiz tanasi kuygan. Hozirda jarohatlarning 35 foiz qismi bitish jarayonida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!