$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

2026-yilgacha shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish uchun jami 6,2 mlrd dollar yo‘naltiriladi

11:13 / 15.01.2022

2026-yilga qadar respublikaning qator hududlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaladi. Shuningdek, 8 mln tonna havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmi ham kamaytiriladi.

Rejadagi mazkur ishlar Prezidentning tegishli qarori bilan tasdiqlanadigan Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash dasturiga ko‘ra amalga oishirladi.

Bunda:

a) kamida 8 ta shamol elektr stansiyalarni (SHES) qurish hisobiga 4 GVt qo‘shimcha quvvatlarni barpo etish, jumladan:

– 2023-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy va Qorauzak tumanlari hamda Buxoro viloyati G‘ijduvon va Peshku tumanlarida 3 ta
(1,1 GVt);

– 2024-yilda Buxoro viloyati Tomdi tumanida 1 ta (0,5 GVt);

– 2025-2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda kamida 4 ta (2,4 GVt) SHESni ishga tushirish.

Mazkur ishlar 4,7 mlrd doll. miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali moliyalashtiriladi.

b) quyosh fotoelektr stansiyalar (FES) quvvatini 4 GVtga yetkazish maqsadida kamida 10 ta FESni ishga tushiriladi, jumladan:

– 2022-yilda investorlar tanlovini yakunlab, 2024-yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida jami 0,9 GVt quvvatli 5 ta;

– 2023-yilda Navoiy, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 1,1 GVtli 4 ta;

– 2025-2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda jami 1,8 GVt quvvatli FESlarni ishga tushirish.

Mazkur ishlar 1,5 mlrd doll. miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi.

v) 15 ta yangi gidroelektr stansiyalarni (GES) qurish va 5 ta mavjud GESlarni modernizatsiya qilish hisobiga yiliga qo‘shimcha 868 MVt elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etiladi.

Jumladan:

– 2022-yilda Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida qo‘shimcha 173 MVt quvvat yaratish bo‘yicha 7 ta;

– 2023-yilda Toshkent viloyatida 1 ta GES modernizatsiyasini yakunlash hamda Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida jami quvvati 29 MVt bo‘lgan 2 ta;

– 2024-yilda Andijon, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 1 ta GES modernizatsiyasini yakunlash hamda jami quvvati 122 MVt bo‘lgan 4 ta;

– 2025-2026-yillarda Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida jami quvvati 544 MVt bo‘lgan 4 ta GESlarni ishga tushirish.

Mazkur ishlarni amlaga oshirishda jami 1,6 mlrd doll. miqdoridagi “O‘zbekgidroenergo” AJ mablag‘lari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.


Bu ham qiziq

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!