$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
27° Kechasi 17°

Abdulla Aripov Chexiya prezidenti bilan uchrashdi

08:45 / 12.10.2023

O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Chexiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakat Prezidenti Petr Pavel bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Qabulda dastlab, Chexiya Prezidenti Petr Pavel O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda olib borayotgan islohotlari va ochiq tashqi siyosatlarini olqishladi hamda Davlatimiz rahbariga samimiy salomini yetkazib qo‘yishni so‘radi.

O‘z navbatida, Bosh vazir Abdulla Aripov Chexiya Prezidentiga Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning ham salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda mamlakatimizning bugungi kunda erishayotgan natijalarida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar asosiy omil bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, bugun O‘zbekiston ochiq va pragmatik tashqi siyosat olib bormoqda. Pirovardida, xorijiy davlatlar, ayniqsa, Yevropa Ittifoqi bilan teng va o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojlanmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston-Chexiya o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda hamkorlik kengayayotgani, vazirlar darajasidagi aloqalar ham faollashib borayotgani bunga misol.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, energetika, transport, turizm, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar, turizm, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Umuman olganda, O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Chexiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ushbu mamlakatning “Shkoda”, “Omnipol”, “Kristal Bogemiya”, “Primako” va boshqa  yetakchi firma va kompaniyalari vakillari bilan tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish maqsadida bir qator korxonalarga tashrif buyurildi.

Chexiyaga tashrif yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 800 million yevrodan ziyod investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolandi.

 


Bu ham qiziq

Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

So‘nggi o‘n yillikda texnologiya, ovqatlanish madaniyati va turmush tarzi keskin o‘zgardi. Afsuski, bu o‘zgarishlar faqat qu…
17:21 / 07.05.2025
Andijonda Farg‘ona kanali qirg‘oqlari shikastlanishi natijasida xonadonlarni suv bosdi

Andijonda Farg‘ona kanali qirg‘oqlari shikastlanishi natijasida xonadonlarni suv bosdi

Ayni paytda viloyat Norin Qoradaryo Irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tomonidan suv butkul to‘xtatilgan.
13:06 / 08.05.2025
Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

2025-yil 7-may kuni soat taxminan 15:06 larda Kattaqo‘rg‘on tumani, “Qushtepa” MFYda joylashgan AYOQShda portlash yuz berdi.…
18:25 / 08.05.2025
Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
10:08 / 09.05.2025
O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

2025-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston mintaqalariga yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun 241 ta avtobus va 113 ta…
15:36 / 08.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025
O‘zbekistonga aprel oyida bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonga aprel oyida bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonda 2025-yil aprel oyida sayyohlar soni bo‘yicha rekord qayd etildi. Bir oy ichida bir milliondan ortiq chet ellik…
09:06 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Fridrix Mersga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Fridrix Mersga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Fridrix Mersni ushb…
20:08 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev G‘alabaning 80 yilligini nishonlash uchun Moskvaga borishdan bosh tortdi. Bu haqda Rossiy…
21:57 / 07.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!