Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining -109 kg vazn toifasida supaga chiqqan ikki o‘zbekistonlik – Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nuriddinov ikki kurash natijalariga ko‘ra, oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
Akbar dast ko‘tarishda 189 kg tosh ko‘tarib, raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirib, oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, siltab ko‘tarishda 226 natija bilan kumush medalga ega chiqdi. Ammo asosiy bo‘lgan umumiy natijalarga ko‘ra, 415 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi va jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.
Ruslan esa dast ko‘tarishda 180 kg (medalsiz), siltab ko‘tarishda 227 kg (oltin medal) umumiy hisobda 407 kg natija bilan jahon chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!