Aktrisa va teleboshlovchi Aziza Yoqubova “Bola tilidan” koʻrsatuvidan ketgani haqida maʼlum qildi. Uning aytishicha, xonanda Ruxshonaning sobiq turmush oʻrtogʻi, “Bola tilidan” koʻrsatuvi rejissyori Sanjar Matkarimov bilan oʻrtalarida hech narsa yoʻq ekanligini isbotlash maqsadida shu qarorga kelgan.
“Koʻrsatuv ijodkorlaridan, ayniqsa koʻrsatuvimiz rejissyori Sanjar Matkarimovdan uzr soʻrayman. Ularga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Sizlar juda ham zoʻr ijodkorsizlar, juda zoʻr insonsizlar, sizlar bilan birgalikda maza qilib ishladim. Bolajonlar, sizlarni ham juda yaxshi koʻraman. Sanjar aka, ketishimni sizdan besoʻroq eʼlon qildim. Chunki sizga bu haqida bir necha marta aytganimda, ketishimni rad qildingiz. Odamlarga siz bilan oʻrtamizda hech narsa yoʻqligini isbotlash maqsadida, bolalarimning shaʼni uchun va guruhimiz ijodkorlarini himoya qilish maqsadida koʻrsatuvni tark etaman. Yaxshi-yomon gaplar uchun uzr soʻrayman”, dedi Aziza Yoqubova.
Uning aytishicha, hozirda koʻrsatuvni yopishga harakat qilishmoqda va ijodkorlarga tazyiq oʻtkazilyapti. Aktrisa koʻrsatuvdan ketishiga yaqinlarini turli tazyiqlardan himoya qilish istagi ham sabab boʻlganini taʼkidlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!