Qatarning Al-Jazira telekanali 16-dekabr kuni G‘azo sektori janubida operatori Samer Abudakning o‘limi bo‘yicha Xalqaro jinoiy sudga murojaat qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
“Biz operatorimizning o‘ldirilishi bo‘yicha ishni zudlik bilan Xalqaro jinoiy sudga topshirishga qaror qildik”, deyiladi telekanal bayonotida.
Bundan tashqari, Al-Jazira vakillari ishni ICCga topshirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun kanal xodimlari va advokatlardan iborat guruh tuzilganini ta’kidladi.
Shuningdek, jurnalistlarning qo‘shimcha qilishicha, Abudak yaralanganidan keyin besh soatdan ko‘proq qon ketgan, chunki Isroil kuchlari tez yordam va qutqaruvchilarning unga yetib borishiga va tez yordam ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymagan.
“Ushbu qotilliklarning barchasini baholash uchun bizga xalqaro mustaqil tergovlar kerak va aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerak. Shuni esda tutish kerakki, jurnalistlar xalqaro gumanitar huquqqa ko‘ra, tinch fuqarolardir va ularni himoya qilish urushda qatnashayotgan barcha tomonlarning burchidir”, – dedi Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi (CPJ) vakili Karlos Martines de la Serna.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!