“Masofaviy nazorat” markaziga ko‘ra, jumladan:
— kontrakt hisobidan stipendiyasiz tahsil olgan 8 761 nafar talabaga 25,1 mlrd so‘m ortiqcha stipendiya hisoblanib, to‘lov qaydnomalari soxtalashtirilgan;
— talabalarning 9,3 mlrd so‘m to‘lov-kontrakt summalari universitet hisob raqamiga kirim qilinmagan;
— talabalarga hisoblangan 2,7 mlrd so‘m rag‘batlantirish mablag‘lari tarqatilmasdan, imzolar soxtalashtirilgan;
— byudjet mablag‘lari hisobidan 2 226 nafar talabaga bitta davr uchun ikki martadan 1,1 mlrd so‘m ortiqcha hisoblangan stipendiya o‘zlashtirilgan;
— talabalar yotoqxona ijarasidan tushgan 911,8 mln so‘mlik naqd pullar universitetga kirim qilinmasdan noqonuniy o‘zlashtirilgan.
— universitetga xizmat uyi olish uchun jismoniy shaxs bilan 2,5 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzib, shundan 300 mln so‘mi noto‘g‘ri o‘tkazilgan.
Ushbu mablag‘lardan 5,1 mlrd so‘mi undirilgan. Hujjatlar tegishli organlarga yuborilgan.