Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida qizlar o‘rtasida janjal yuz bergani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati izoh berdi.
Mazkur holat Andijon viloyati IIB tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilgan.
Aniqlanishicha, joriy yilning 7-dekabr kuni soat taxminan 13:00 da Paxtaobod tumani, “Muazzimboy” MFY hududida joylashgan “Gumbaz” oshxonasi oldida shu tumandagi “Qashqar” MFY hududida yashovchi 3 nafar opa-singillar: M.N, M.I va M.A. hamda ularga oldindan tanish bo‘lgan “Navro‘z” MFYda yashovchi fuqarolar S.S. va S.Yu. o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.
“Janjalning kelib chiqishiga M.N. tomonidan S.Yu.ga haqoratli so‘zlarning aytilganligi sabab bo‘lgan”, – deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB xodimlari tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) tartibida hujjatlar rasmiylashtirib, chora ko‘rishlik uchun JIB Paxtaobod tumani sudiga yuborilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!