Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi fuqaro M.A. aliment pullari o‘rniga farzandlariga uy sovg‘a qildi.
Viloyat MIB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining 2020-yil 5-noyabrdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor M.A.dan undiruvchi A.Sh. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.
Byuroning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi tomonidan mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor M.A.dan aliment to‘lovlari o‘z vaqtida undirib kelingan.
M.A.ning aliment to‘lovlaridan qarzi mavjud bo‘lmasa-da, undiruvchi A.Sh. bilan kelishgan holda ikki nafar farzandlarining kelajagi uchun ular voyaga yetgunga qadar to‘lanadigan aliment pullari o‘rniga o‘ziga tegishli bo‘lgan xonadonni undiruvchiga topshirishini maʼlum qildi.
Shu tariqa, sobiq turmush o‘rtoqlar o‘rtasida kelishuv bitimi imzolanib, qarzdor undiruvchiga 15 000 AQSh dollari qiymatidagi uy-joyni rasmiylashtirib berdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!