Kecha, 27-oktyabr kuni O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlarining saylovi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur saylovda O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi g‘olib bo‘ldi. Bu haqda bugun, 28-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida komissiya raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Parlament saylovida 15 mln 27 ming 529 nafar saylovchi ishtirok etgan bo‘lib, bu umumiy saylovchilarning 74,72 foizini tashkil qiladi.
Saylov natijalari bilan quyidagi grafik orqali tanishishingiz mumkin:
Eslatib o‘tamiz, Qonunchilik palatasi saylovlari ilk marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkazildi. Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linadi.
Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!