Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar va tayanch harakatida muammolari bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy soha obyektlari, ta’lim muassasalariga borib kelishlariga qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shahrida “Ijtimoiy taksi” pilot loyihasi ishga tushgan.
Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ijtimoiy taksi xizmatiga qanday buyurtma beriladi?
Xizmatdan foydalanish Yandex Go ilovasi orqali amalga oshiriladi. Mazkur ilovada nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlariga moslashtirilgan maxsus funksiya Yandex Go ilovasida alohida ekranda mavjud. Ularni har qanday tarifda manzilga yetib olish uchun tanlash mumkin (Start, Komfort yoki Komfort+). Xabarda barcha tariflarda xizmat narxlari o‘zgarmasligi qayd etilgan.
Buyurtmani qabul qilgan haydovchiga mijozni manzilga olib borish davomida quyidagi maxsus vazifalarni amalga oshirish kerakligi haqida xabar beriladi, masalan:
mashina topishga yordam bering manzil kartochkasida foydalanuvchiga mashinani topish, uning yoniga kelish va salonga o‘tirishga yordam beruvchi izoh ko‘rinadi;
eshitishida muammolari bo‘lgan shaxslarga haydovchi chat orqali muloqot qilishni so‘rashi kerak bo‘ladi;
“nogironlik aravachasidaman” bu funksiya tanlangan bo‘lsa, haydovchida “nogironlar aravachasida bo‘laman, mashinaga o‘tirishda yordam, bo‘sh yukxona kerak” izohi ko‘rinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!